Moddiy madaniy meros obyektlariga tashqi reklama o‘rnatish taqiqlanadi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
“Reklama to‘g‘risida"gi qonunning 26-moddasiga ko‘ra, tashqi reklamani moddiy madaniy meros obyektlariga o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, madaniy meros obyektlari, ularning hududi va muhofaza zonalarida tashqi reklama vositalarini o‘zboshimchalik bilan joylashtirish yoki obyektning tarixiy-me‘moriy qiyofasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi reklama konstruksiyalarini o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hozirda Raqobat qo‘mitasi madaniy meros obyektlariga tashqi reklama va axborot konstruksiyalarini o‘rnatish holatlarini o‘rganmoqda.
Fuqarolar bunday qonunbuzilishlar haqida ma‘lumot va fotosuratlarni info@raqobat.gov.uz hamda consumer@antimon.gov.uz elektron manzillariga yuborishlari mumkin.
Iyul oyida Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligini buzgani uchun ikki qurilish kompaniyasini jarimaga tortgandi.
Spot, avvalroq, Markaziy bank kredit reklamalari va shartnomalarida ogohlantirishlarni majburiy qilishni taklif etayotgani haqida yozgandi.