Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Hukumat qaroriga muvofiq, 1-sentabrdan yo‘lovchilar avtobusga chiqish vaqtida yo‘l haqini to‘lashi belgilangan.
1−22-sentabr kunlari Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan 14 051 nafar yo‘lovchiga ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu avgust oyiga nisbatan 8 494 taga yoki 153% ga ko‘p.
Mazkur davrda poytaxt avtobuslarida 27,9 mln ga yaqin yo‘lovchi tashilgan. Yo‘lovchilar soni 2025-yilning shu davriga nisbatan 3,6 mln nafarga yoki 15 foizga, avgust oyiga nisbatan esa 7 mln nafarga yoki 34% ga oshgan.
Sentabrning dastlabki sakkiz kunida nazoratchilar avtobuslarda kuniga o‘rtacha 587 nafar yo‘lkira to‘lamagan yo‘lovchini aniqlagandi.
Keyinroq Toshkentda avtobus va metro uchun yo‘l haqini 2500 so‘mga oshirish taklif qilingandi. Qaror loyihasiga ko‘ra, 1-oktabrdan jamoat transportida bir martalik elektron to‘lov 1700 so‘mdan 2500 so‘mga oshirilishi mumkin.
Spot avvalroq Toshkentda bir kunda 1,46 mln transport vositasi harakatlangani haqida yozgandi.