24-sentabrdan davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun arizalarni qabul qilish tartibi o‘zgaradi. Bu haqda Davlat ekologik ekspertizasi markazi xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 11-maydagi qaroriga muvofiq, arizalarni Yagona portal orqali qabul qilish hamda xulosalarni elektron shaklda berish tartibi belgilangan.

Markaz mazkur tizimni joriy etish uchun zarur texnik ishlar amalga oshirilgani hamda my.gov.uz orqali arizalarni qabul qilish va elektron xulosalar berish test rejimida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma‘lum qildi.

24-sentabr soat 18:00 dan eco-service.uz orqali arizalarni qabul qilish to‘xtatildi. Shundan so‘ng davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun arizalar faqat my.gov.uz orqali yuboriladi.

Spot, avvalroq, Milliy kutubxona ortidagi avtoturargoh loyihasi bo‘yicha ekologik ekspertiza xulosasi mavjud emasligi haqida yozgandi.