Toshkent xalqaro aeroportida 14 ta iPhone‘ni yashirincha olib kirishga urinish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

20−22-sentabr kunlari Dubaydan uchib kelgan uch nafar yo‘lovchi 8 ta iPhone 18 va 6 ta iPhone 17 smartfonini bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishga uringan.

Qiymati jami 227 mln so‘m bo‘lgan qurilmalar bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ham, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ham ko‘rsatilmagan.

bojxona qo‘mitasi, deklaratsiya, iphone, uzimei

Amaldagi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslar o‘z ehtiyojlari uchun ikkitagacha mobil qurilma olib kirishi mumkin. Ularning qiymati tovarlarni bojsiz olib kirish me‘yoridan oshsa, oshgan qismidan 30% miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi.

Chetdan olib kirilayotgan mobil qurilmalar yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilishi shart. Mazkur deklaratsiya qurilmani keyinchalik UzImei tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bojxona nazoratidan noqonuniy olib o‘tilgan telefonlarni UzImei tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishda qurilmaning to‘liq qiymatidan 30% miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi.

Toshkent-AERO ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan yil boshidan buyon 7,8 mlrd so‘mlik 162 ta mobil qurilmaning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yilgan.

Holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

Spot avvalroq Apple iPhone 18 Pro va Pro Max, Airpods 5 hamda boshqa yangi qurilmalarini taqdim etgani haqida yozgandi.