2026-yil 12-noyabr kuni O‘zbekistonda 266,1 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Bu o‘tgan yilning shu kuniga nisbatan 10,8 mln kVt·soat yoki 4,2% ga ko‘p. 2025-yil 12-noyabr kuni mamlakatda 255,3 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Ko‘rsatkich 11-noyabrga nisbatan 9,6 mln kVt·soat yoki 3,7% ga, 10-noyabrga nisbatan esa 16,9 mln kVt·soat yoki 6,8% ga ko‘p.

Taqqoslash uchun, 10-noyabr kuni 249,2 mln kVt·soat, 11-noyabr kuni 256,5 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Elektr energiyasining asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalarida (IES) ishlab chiqarildi. Xususan, IESlarda 203,8 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davridagi 220,8 mln kVt·soatga nisbatan 7,7% ga kam.

Gidroelektr stansiyalarida (GES) ishlab chiqarish 56% ga oshib, 19,5 mln kVt·soatni tashkil etdi. 2025-yilning shu kunida ushbu ko‘rsatkich 12,5 mln kVt·soat bo‘lgan.

Quyosh elektr stansiyalarida 14,9 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilgi 15,7 mln kVt·soatga nisbatan 5,1% ga kam.

Shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarish sezilarli darajada oshdi. 12-noyabr kuni ushbu stansiyalarda 24,4 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu 2025-yilning shu kunidagi 3,2 mln kVt·soatga nisbatan 662,5% ga ko‘p.

Blok stansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 3,2 mln kVt·soatni tashkil etib, o‘tgan yilgi 2,9 mln kVt·soatga nisbatan 10,3% ga oshdi.

Kichik quvvatli quyosh panellari orqali esa 0,3 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu 2025-yilning shu kunidagi 0,2 mln kVt·soatga nisbatan 50% ga ko‘p.


Avvalroq Energetika vazirligi elektr energiyasi ishlab chiqarish statistikasidagi tafovutlarni tushuntirgandi.