«qonun buzilishi» tegli maqolalar
Kecha, 12:44 Iqtisodiyot
27 ta konsert reklamasida jonli ijro yoki fonogramma haqida ma’lumot berilmagan — Raqobat qo‘mitasi
Holatlar, xususan, Izzat Shukurov, Ummon guruhi, G‘aybulla Tursunov va boshqalarning Instagram sahifalari va tashqi reklamalarda aniqlangan. Reklama beruvchilarga ogohlantirish yuborildi.
18 noyabr 2026, 15:17 Iqtisodiyot
“Bir so‘mga xiyonat qilish ham jiddiy kamchilik” — suv xo‘jaligi vaziri noqonuniy o‘zlashtirishlar haqida
Joriy yilning to‘qqiz oyida tizimda 82,1 mlrd so‘mlik kamomad va noqonuniy o‘zlashtirishlar aniqlandi.
16 noyabr 2026, 12:06 Iqtisodiyot
Jizzaxdagi tungi klublarning 500 ga yaqin “milliy qadriyatlarga zid” reklama videolari aniqlandi
Tekshiruv natijasida ikkita klubning rasmiy sahifalaridagi qonunchilikka zid reklama materiallari olib tashlandi.
11 noyabr 2026, 18:59 Iqtisodiyot
Markaziy bank oktabrda 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
Yana bir bank va bitta mikromoliya tashkilotiga ogohlantirish berildi.
10 noyabr 2026, 16:39 Qonunchilik
O‘zbekistonda anonim shikoyat asosida tadbirkorlarni tekshirish taqiqlanishi mumkin
Tekshiruv uchun qonuniy asos borligini va qoidabuzarlikni nazorat qiluvchi organ isbotlashi shart bo‘ladi. Qonunchilikdagi noaniqliklar esa tadbirkor foydasiga talqin qilinadi.
10 noyabr 2026, 12:06 Qonunchilik
Surxondaryoda 277 ta soxta “prava” yo‘q qilindi
Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha 11 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarilgan.
6 noyabr 2026, 12:27 Biznes
Raqobat qo‘mitasi 132 ta quruvchi kompaniya shartnomalarida xaridorlar huquqlari buzilganini aniqladi
To‘qqiz oyda qo‘mita aralashuvi bilan iste’molchilar foydasiga 14,5 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilindi.
5 noyabr 2026, 18:43 Ko‘chmas mulk
Yashnobodda atrof-muhitni ifloslantirgan qurilish korxonasiga 5,58 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
Shuningdek, kompaniya noqonuniy kesilgan 51 tup daraxt uchun 396 mln so‘m to‘lashi kerak. Uning rahbariga esa 4,4 mln so‘m jarima solindi.
4 noyabr 2026, 20:16 Iqtisodiyot
Yakkasaroydagi qurilish obyektida qoidabuzarliklar aniqlanib, ishlar to‘xtatildi
Tekshiruvda armatura-karkas ishlari loyiha talablariga mos bajarilmagani, temir-beton konstruksiyalar yetarlicha mustahkamlanmagani aniqlandi.
4 noyabr 2026, 16:45 Qonunchilik
Samarqandda turfirma xodimi umra ziyoratiga yuborish evaziga $5 ming olayotganda ushlandi
Aniqlanishicha, firmada umra ziyoratini tashkil etish uchun litsenziya yo‘q. Ish yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
28 oktabr 2026, 09:58 Kriptoaktivlar
Toshkentda noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan talaba aniqlandi
U 2025-yil dekabridan joriy yil oktabrigacha kripto-birjada litsenziyasiz faoliyat yuritib, 771,34 mln so‘mlik kripto-aktivlar oldi-sotdisini amalga oshirgan.
26 oktabr 2026, 10:49 Energetika
O‘zbekistonda noqonuniy suyultirilgan gaz sotuvchi 471 ta bunker faoliyati to‘xtatildi
Tekshiruvlarda 1,4 ming tonna suyultirilgan gaz va 10 626 dona gaz balloni talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.
26 oktabr 2026, 09:42 Iqtisodiyot
Namanganda 5,6 mlrd so‘mlik dorilar saqlanayotgan yashirin ombor aniqlandi
Uychi tumanidagi omborda xorijda ishlab chiqarilgan 412 turdagi 67,9 mingdan ortiq dori vositasi kelgusida sotish uchun saqlanib kelingan.
23 oktabr 2026, 14:42 Iqtisodiyot
Raqobat qo‘mitasi dorilarni ulgurji sotishda majburiy qo‘shimcha xaridlar holatini o‘rganmoqda
Ayrim yetkazib beruvchilar talab yuqori bo‘lgan dorilar bilan birga qo‘shimcha preparatlarni ham sotib olishni talab qilmoqda.
21 oktabr 2026, 15:31 Biznes
O‘zbekistonda davlat tili talablariga rioya qilmagan 4 496 ta reklama va tashqi yozuv aniqlandi
Aniqlangan kamchiliklarning aksariyati peshlavha va e’lonlarning boshqa tillarda berilishi, shuningdek, imloviy xatolar bilan bog‘liq.
15 oktabr 2026, 14:53 Ko‘chmas mulk
Toshkentda 720 dan ortiq ko‘p qavatli uy ruxsatsiz qurilgan — vazir
Muammoli uylar bo‘yicha Bosh prokuratura ish olib bormoqda. Ularni foydalanishga qabul qilishda bolalar maydonchalari va avtoturargohlar uchun zarur hududlar ajratilgani tekshiriladi.
15 oktabr 2026, 11:54 Iqtisodiyot
Toshkentda $8 mlnni kriptovalyuta orqali xorijga chiqargan jinoiy guruh fosh etildi
Guruh a‘zolari banklar nomidan fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, ularning shaxsiy ma‘lumotlarini qo‘lga kiritgan hamda pullarni kriptovalyuta orqali xorijga olib chiqqan.
12 oktabr 2026, 17:11 Iqtisodiyot
Toshkentda turar joy qurilishiga ruxsat olib berish uchun $840 ming talab qilgan shaxs ushlandi
U Bo‘stonliq tumanidagi 4 gektar yer maydonida turar joy qurishga ruxsat olib berishni va‘da qilib, oldindan $100 ming olayotganida qo‘lga olindi.
9 oktabr 2026, 11:27 Qonunchilik
Nurafshonda oqova suv inshooti qurilishida 13,9 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Qurilish ishlarining amaldagi qiymati 73,3 mlrd so‘m bo‘lsa-da, soxta hujjatlarda bu ko‘rsatkich 87,2 mlrd so‘mga oshirib ko‘rsatilgan.
8 oktabr 2026, 12:03 Qonunchilik
Farg‘onada 4 kishini umraga yuborish uchun pul talab qilgan turfirma xodimi ushlandi
U tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda fuqarolarni Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga $4400 talab qilgan.