Bloomberg 2019 yilning dunyodagi eng boy 500 nafar milliarderlar ro’yxatini ma’lum qildi.
Birinchi o’rinni Amazon asoschisi Jeff Bezos egalladi. Uning boyligi 150 milliard $ga baholanmoqda (yil davomida 24 mlrd $dan ortdi).
Ikkinchi o’rinda Microsoft asoschisi Bill Geyts 101 mlrd $ (10,7 mlrd $), uchinchi o’rinda esa Bernar Arno 89 mlrd $ bilan joylashdi.
Alisher Usmonov reytingning 70 o’rinidan joy oldi. Uning boyligi 16,3 mlrd $ga baholanmoqda (yil davomida 2,18 mlrd $ga o’sdi).
500 nafar milliarderlar o’rin olgan reytingning 10 taligi quyidagicha:
| Ism | Yosh | Kompaniya | Mamlakat | Daromad (mlrd AQSH dollarida) |
| Jeff Bezos | 55 | Amazon | AQSH | 150 |
| Bill Geyts | 63 | Microsoft | AQSH | 101 |
| Bernar Arno | 70 | LVMH | Fransiya | 89 |
| Uorren Baffet | 88 | Berkshire Hathaway | AQSH | 84,4 |
| Mark Sukerberg | 34 | Facebook | AQSH | 66,4 |
| Amansio Ortego | 82 | Zara | Ispaniya | 66,2 |
| Larri Ellison | 74 | Oracle | AQSH | 58,4 |
| Larri Peyj | 45 | Google | AQSH | 58,2 |
| Karlos Slim | 79 | Grupo Carso | Meksika | 56,7 |
| Sergey Brin | 45 | AQSH | 56,6 |
Ilgari Spot dunyoning eng yosh milliarderi va eng boy ayoli haqida ma’lumot bergan edi.