Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 1-sentyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $35,4 mln ni tashkil qilmoqda. Avgustda ham zaxiralar $1 mlrd ga oshib, $35,1 mlrd ga teng boʻlgandi.

Raqamlar sentyabrda oltin-valyuta zaxiralari $0,3 mlrd ga yetganini koʻrsatadi. Bunda oltin miqdori $0,3 mlrd ga oshib, $21,8 mlrd ga yetgan.

Zaxiralarning oʻsishi oʻtgan oylardagi kabi faqat oltinning sof fizik hajmi evaziga yuz berdi. Oʻtgan oyda ham ayni shu tendensiyani kuzatish mumkin.

Maʼlumotlar xorijiy valyutadagi aktivlar kamayganini koʻrsatadi. Avgustda $13,1 mlrd boʻlgan aktivlar, sentyabrga kelib $12,4 mlrd ga yetdi, bu — aktivlar $700 mingga kamayganini koʻrsatadi.

Yil boshidan beri valyutadagi aktivlar %1,9 mlrd ga kamaygan.

Avvalroq Spot Navoiyda oltin maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksi qurilishi haqida yozgan edi.