Twitter TikTok kabi vertikal video funksiyasini test qilishni boshladi. Kompaniya TikTok muvaffaqiyatini takrorlashga urinayotgan soʻnggi ijtimoiy tarmoqqa aylandi, deb yozadi TechCrunch.

Funksiya “koʻzdan kechirish” yorligʻida paydo boʻldi. Ijtimoiy tarmoq uni Android va iOS foydalanuvchilar bilan baʼzi mamlakatlarda sinovdan oʻtkazmoqda.

Twitter vertikal video funksiyalarini qoʻshadigan soʻnggi ijtimoiy tarmoq boʻlib, 2021-yilda 1 milliarddan ortiq faol foydalanuvchiga ega TikTok muvaffaqiyatini takrorlamoqchi, deb yozadi TechCrunch.

Boshqa ijtimoiy tarmoqlar allaqachon oʻzlarining TikTok analoglarini ishga tushirishgan, xususan, Instagram — Reels, Snapchat — Spotlight va YouTube — Shorts. Hatto Netflix, Spotify va Reddit kabi ilovalar ham vertikal video formati bilan tajriba oʻtkazmoqda.

Avvalroq Spot Twitter asoschisi Jek Dorsi kompaniyani tark etganligi haqida yozgan edi.