Spot ilgari yozganidek, Samarqand xalqaro aeroporti qayta ishga tushishi munosabati bilan Uzbekistan Airways bir qator mahalliy va xalqaro parvozlarni tiklaydi. Kompaniya matbuot xizmati xabar qilishicha, Samarqand xalqaro aeroporti qayta ochilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways 17-dekabrdan boshlab quyidagi qatnovlarni tiklaydi:

  • Toshkent — Samarqand — Toshkent;
  • Samarqand — Moskva — Samarqand;
  • Samarqand — Istanbul — Samarqand;
  • Samarqand — Olmaota — Samarqand;
  • Samarqand — Sankt-Peterburg — Samarqand.

Avvalroq Samarqand xalqaro aeroporti 2021-yilning 20-oktyabridan 20-noyabriga qadar vaqtincha yopilishi maʼlum qilingandi. Keyinchalik bu muddat 15-dekabrgacha uzaytirilgan edi. Shu munosabat bilan Samarqand xalqaro aeroportining aviaqatnovlari vaqtincha Navoiy, Buxoro, Qarshi xalqaro aeroportlariga yoʻnaltirildi. Aeroport 10-dekabrda qayta ishga tushdi.