Yil boshida davlat rahbari Toshkentning jamoat transporti konsepsiyasini qayta koʻrib chiqish boʻyicha topshiriq bergandi.

Shuningdek, fevral oyida qabul qilingan prezident qarori bilan avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylarini tashkil etish belgilandi.

Mazkur tizim tirbandlikni, avtotransport oqimini kamaytirish maqsadida amalga oshirilib, joriy yilning 1-noyabridan kuchga kirdi.

Hujjat bilan, Toshkentning 10 ta markaziy ya’ni Glinka, Bratislava, Mirobod, Avliyo ota, Taras Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib, Fidokor, Sodiq Azimov va Yakub Kolas ko‘chalarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylari tashkil etiladi.

Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasining matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha doirasida mazkur “parkovka"larning 5%i imkoniyati cheklangan avtomobil egalariga ajratilib, ular pullik to‘xtash joyida mashinalarini bepul qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.

Avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylarini tashkil etish loyihasi quyidagicha belgilangan:

  1. Glinka ko‘chasi — 202 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklanganlar uchun ajratilayotgan joy 20 ta.
  2. Bratislava ko‘chasi — 84 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 2 ta, imkoniyati cheklanganlar uchun ajratilayotgan joy 8 ta.
  3. Mirobod ko‘chasi — 385 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklanganlar uchun ajratilayotgan joy 35 ta.
  4. Avliyo ota ko‘chasi — 150 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklanganlar uchun ajratilayotgan joy 15 ta.
  5. Taras Shevchenko ko‘chasi — 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklanganlar uchun ajratilayotgan joy 34 ta.
  6. Said Baraka ko‘chasi — 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklanganlar uchun ajratilayotgan joy 34 ta.
  7. Moshtabib ko‘chasi — 165 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklanganlar uchun ajratilayotgan joy 16 ta.
  8. Fidokor ko‘chasi — 120 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklanganlar uchun ajratilayotgan joy 12 ta.
  9. Sodiq Azimov ko‘chasi — 324 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklanganlar uchun ajratilayotgan joy 32 ta.
  10. Yakub Kolas ko‘chasi — 180 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklanganlar uchun ajratilayotgan joy 18 ta.

Shaharning markaziy qismida avtomobillarning yo‘l bo‘yida to‘xtashlari uchun pullik tizim joriy etilishi shaxsiy avtomobil haydovchilarini avtoulovda shahar markaziga kelishdan voz kechishga va jamoat transportidan foydalanishga rag‘batlantiradi, deyiladi boshqarma xabarida.