23−25 -dekabr kunlari Toshkentdagi Amity Universitetida “Uz-NLP Challenge” xakatoni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu xakaton yoshlar o‘rtasida sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar doirasida tashkil etilgam.

Xakaton — bu vaqt cheklangan musobaqa boʻlib, unda jamoalar maʼlum vaqt ichida mahsulot prototipini yoki startap loyihasini yaratishlari kerak.

“Uz-NLP Challenge” xakatoni sun’iy intellekt va matematik tilshunoslikka bag‘ishlanadi va o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar matn bilan, shuningdek, oʻzbek tilidagi ovoz bilan ishlaydigan mahsulotlarning prototiplarini yaratishlari kerak bo‘ladi.

Ishtirok etish uchun siz individual ravishda ariza topshirish mumkin bo‘lib, xakatonning birinchi kunida jamoaga (3tagacha ishtirokchi) birlashish imkoniyati mavjud.

Xakatonda ishtirok etish uchun arizalar 2022-yil 21-dekabr soat 18:00 gacha havola orqali qabul qilinadi.


“Spot” avvalroq “IT Park” “Coursera” platformasida 3 ta kursni tanlab olish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazayotgani haqida yozgandi.