Ilon Mask “Twitter"da so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Xususan, u bu lavozimdan ketishi kerakmi yoki yo‘qligini so‘ragan. Shuningdek, u natijalariga amal qilishini ta’kidlamoqda.

Ovoz berish uchun 12 soat vaqt berilgan bo‘lib, hozirgacha uning so‘rovnomasiga 12 mln.dan ortiq kuzatuvchi ovoz bergan. Uning ketishini yoqlab ovoz berganlar soni esa yuqori.

Oktabr oyida tadbirkor “Twitter"ni sotib olgandi. Shundan so‘ng 75% xodimini ishdan boʻshatmoqchiligi haqida xabar berildi. Mask “Twitter” xodimlariga masofadan turib ishlashni taqiqlab qo‘ydi.

Masofadan ishlashni taqiqlash xat olinganidan so‘ng darhol kuchga kiradi va endi xodimlar haftasiga kamida 40 soat vaqtini ofisda o‘tkazishlari kerak bo‘ladi. Biroq, kompaniya ogohlantirishsiz 4400 ta shtatdan tashqari ishlaydigan xodimlarini bo‘shatdi.

Ular ishdan bo‘shatilgani haqida korporativ akkauntlariga kira olmaganlaridan keyin bilishgan. Kompaniya xabariga ko‘ra, bu qarorga budjetni qayta ko‘rib chiqish zarurati sabab bo‘lgan.