25-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun xakaton bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati.

Xakaton — bu vaqt cheklangan musobaqa boʻlib, unda jamoalar maʼlum vaqt ichida mahsulot prototipini yoki startap loyihasini yaratishlari kerak.

Unda ishtirokchilariga quyidagi yo‘nalishlardan birida muammoni hal qiluvchi loyihani ishlab chiqish uchun 1 kun vaqt beriladi:

  • transport;
  • ta’lim;
  • turizm;
  • ekologiya;
  • robototexnika va suniy intellekt;
  • sog’liqni saqlash;
  • moliyaviy texnologiyalar;
  • qurilish;
  • qishloq xoʻjaligi;
  • aholi bandligi.

Xakatonda ishtirok etish uchun arizalar 2022-yil 23-dekabrgacha havola orqali qabul qilinadi.


Avvalroq “Spot” 23−25-dekabr kunlari Amity universitetida sunʼiy intellekt boʻyicha “Uz-NLP Challenge” xakatoni oʻtkazilishi haqida yozgandi. Unda ishtirok etish uchun arizalarni 21-dekabrgacha topshirish kerak.