Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari aralash moliyalashtirishning jahon tajribasi va bu yo‘nalishda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi.

Aralash moliyalashtirish — davlat va xususiy fond mablag‘larining umumiy investitsiya dasturi yoki bitimi orqali birlashishini anglatadi va bu jarayonda tomonlar o‘z tajribasidan bir-birini to‘ldirishda foydalanadi.

Aralash moliyalashtirish yondashuvida, davlat va homiylik fondlari loyihaning xatarlarni kamaytirish hamda moliyalashtirish hajmini oshirish va sarmoya qiymatini kamaytirish maqsadida foydalaniladi.

Nisbatan yangi moliyalashtirish vositasi hisoblanadigan aralash moliyalashtirish bo‘yicha dunyoda yetarlicha tajriba to‘plangan bo‘lsada, O‘zbekistonda dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda, deyiladi tahlilda.

aralash moliyalashtirish, pmti

Shuningdek, unda BAA ning “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiyda amalga oshirilgan quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh elektrostansiyasining qurilishi misol keltirilgan.

Loyihaning moliyalashtirish portfeli Xalqaro moliya korporatsiayasi tomonidan $20 mln, XMK va Kanada iqlim fondi tomonidan $20 mln hamda OTB tomonidan $20 mln.ni tashkil etadi.

Shu bilan birga, Jahon banki tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari"ga $5,1 mln miqdoridagi mablag‘ elektr energiyasi to‘lovlarini amlga oshirishda bank kafolati sifatida ajratilgan.

Aralash moliyalashtirish vositasi barqaror rivojlanish maqsadlariga xizmat qilgan holda, ko‘p tomonlama manfaatlarni o‘zida aks ettiradi, deyiladi tahlilda.

U bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Avvalroq, markaz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qanday qilib barqaror o‘sishga erishish mumkinligini tahlil qilgandi.