Amerikaning “Forbes” jurnali dunyodagi eng boy odamlarning 37-yillik reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Bernard Arno $211 mlrd boylik bilan egalladi. Ikkinchi o‘rinda esa $180 mlrd bilan Ilon Mask egallab turibdi.
Kuchli beshlikda Jeff Bezos $114 mlrd, Larri Ellison $107 mlrd, Uorren Baffet $106 mlrd boylik bilan turibdi.
Reytingdagi o‘rni | Ismi | Boyligi |
1 | Bernard Arno va oilasi | $211 mlrd |
2 | Ilon Mask | $180 mlrd |
3 | Jeff Bezos | $114 mlrd |
4 | Larri Ellison | $107 mlrd |
5 | Uorren Baffet | $106 mlrd |
6 | Bill Geyts | $104 mlrd |
7 | Maykl Blumberg | $94,5 mlrd |
8 | Karlos Slim Elu va oilasi | $93 mlrd |
9 | Mukesh Ambani | $83,4 mlrd |
10 | Stiv Balmer | $80,7 mlrd |
Rossiyaning eng boy 20 ta milliarderi
Mazkur reytingga asoslanib, “Forbes Russia” nashri Rossiyadagi 20 ta eng boy tadbirkorlar ro‘yxatini tuzdi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni bu yil ilk marta “Euroxim” va “SUEK” asoschisi Andrey Melnichenko egalladi. Uning boyligi yil davomida ikki barobardan ko‘proq o‘sib, $25,2 mlrd.ni tashkil etdi.
Reytingning ikkinchi pog‘onasida “Norilsk Nikel” kompaniyasining eng yirik aksiyadori Vladimir Potanin joylashgan. Uning boyligi $23,7 mlrdga baholangan.
O‘tgan yilgi yetakchi, “NLMK” egasi Vladimir Lisin bir yil davomida boyligi 3,7 mlrdga oshib, $22,1 mlrdga yetganiga qaramay, uchinchi o‘ringa tushib ketdi.
Millarder Alisher Usmonov $14,4 mlrd boyligi bilan reytingda 8-o‘rinni, “Telegram asoschisi Pavel Durov esa $11,5 mlrd boylik bilan 10-o‘rinni egalladi.
Reytingdagi o‘rni | Ismi | Boyligi |
1 | Andrey Melnichenko | $25,2 mlrd |
2 | Vladimir Potanin | $23,7 mlrd |
3 | Vladimir Lisin | $22,1 mlrd |
4 | Leonid Mixelson | $21,6 mlrd |
5 | Aleksey Mordashov va oilasi | $20,9 mlrd |
6 | Vagit Alekperov | $20,5 mlrd |
7 | Gennadiy Timchenko | $18,5 mlrd |
8 | Alisher Usmonov | $14,4 mlrd |
9 | Mixail Fridman | $12,6 mlrd |
10 | Pavel Durov | $11,5 mlrd |
11 | Vyacheslav Kantor | $11,3 mlrd |
12 | Mixail Proxorov | $11,3 mlrd |
13 | Suleyman Kerimov va oilasi | $10,5 mlrd |
14 | Viktor Rashnikov | $10,2 mlrd |
15 | Andrey Guryev va oilasi | $9,7 mlrd |
16 | Roman Abramovich | $9,2 mlrd |
17 | Tatyana Bakalchuk | $8,8 mlrd |
18 | German Xan | $8,2 mlrd |
19 | Leonid Fedun | $8 mlrd |
20 | Andrey Skoch va oilasi | $7,9 mlrd |
Avvalroq “Spot” “Bloomberg Billionaires Index” reytingi natijalariga ko‘ra, Alisher Usmonov $19,7 mlrdlik daromadi bilan 81-o‘rinni egallagani haqida yozgandi.