Joriy yilning birinchi choragida “UzAuto Motors” kompaniyasining sof tushumi 8,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida keltirilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 8,7 trln so‘mni tashkil etgandi.

Yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxi 7,6 trln so‘mni, yalpi foyda 1,2 trln so‘mni hamda avtosanoat xarajatlari 948,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari kompaniya daromad solig‘ini to‘lashga 54,2 mlrd so‘m ajratgan. O‘tgan yili foyda solig‘ini to‘lashga 115 mlrd so‘m ajratilgan.

Uchinchi chorakda “UzAuto Motors"ning sof foydasi 258,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Biroq ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (460,5 mlrd so‘m) 43,8%ga kamaygan.

2022-yilning uchinchi choragida kompaniyaning sof foydasi 1,8 trln so‘mni tashkil etgandi.

Avvalroq “Spot” “UzAuto Motors” oddiy aksiyalari “Toshkent” fond birjasining kotirovkalash varag‘iga kiritilgani haqida yozgandi. Shuningdek, “UzAuto Motors” o‘zining birinchi ommaviy taklifi (IPO) uchun obuna kampaniyasini boshlagandi.

Undan keyin kompaniya qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish sanalarini ma’lum qildi va IPO doirasida aksiyalarni sotib olish uchun arizalarni qabul qilishni uzaytirdi.