O‘zini o‘zi band qilish — bu biznes qilishning eng yangi usuli.

Bunda faqat ijtimoiy soliq to‘lash talab etiladi — yiliga 1 BHM miqdorida (300 ming so‘m).

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning barcha daromadlari shaxsiy daromad solig‘iga tortilmaydi.

2022-yilning sentabrida 10 ta faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritildi.

Joriy yil boshida esa ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati yana 19 taga to‘ldirildi.

Ayrim xizmat turlarini amalga oshirishda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin hamda hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

Qidiruv tizimiga “O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish” kalit so‘zini kiritish orqali kerakli sahifa shakllanadi.

Xizmatdan foydalanish orqali ma’lumotlarni qo‘shish, tahrirlash va o‘chirish mumkin. Birinchi bo‘limda ma’lumotlarni kiritish mumkin.

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari keltirilgan.

U yerdan mos faoliyat turini tanlab, so‘ralgan ma’lumotlar kiritilgach, “qo‘shish” tugmasi bosiiladi.

Shu bilan foydalanuvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga kiritiladi.

Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.


Avvalroq “Spot” ipoteka subsidiyasini qanday onlayn olish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi.