Aravakashlikdan premium shokolad ishlab chiqarishgacha: Qand hikoyasi

“Qand” brendi asoschisi Saidakmal Vahobov biznesga qanday kirib kelgani, qandolatchilik qilish g‘oyasi qayerdan paydo bo‘lgani, O‘zbekistonda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda nimalar muhimligi haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yangiliklari, week summary


IT bo‘yicha 5 ta kitob: Swift dasturlash tili

Ushbu to‘plam Swift dasturlash tilini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

hafta yangiliklari, week summary


Click va Uzum: birlashish bozor va umuman fintex-sanoati rivojlanishiga qanday ta’sir qiladi?

12-iyun kuni Click va Uzum kompaniyalari birlashgani e’lon qilindi. Spot kelishuv tafsilotlarini bilish uchun kompaniya bilan bog‘landi, shuningdek, bu raqobatga qanday ta’sir qilishi, fintex-sohasining rivojlanishi va unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar haqida soha mutaxassislari bilan suhbatlashdi.

hafta yangiliklari, week summary


Walkntalk asoschisi Zakiya Dalimova tomonidan tavsiya etilgan 5 ta kitob

Tadbirkor fikrlashni kengaytirishga va karyera bilan bog‘liq bo‘lmagan baxtni qanday topishni o‘rgatadigan kitoblari haqida Spot bilan o‘rtoqlashdi.

hafta yangiliklari, week summary


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Gazprom 1-oktabrdan O‘zbekistonga kuniga 9 mln kubometr tabiiy gaz yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
    Mamlakatga Qozog‘iston orqali yetkaziladigan tabiiy gazning yillik hajmi esa qariyb 2 mlrd 800 mln kubometrni tashkil etadi.
  2. O‘zbekistonliklar Qurbon hayitida necha kun dam oladi?.
    Prezident qaroriga ko‘ra, barcha xodimlar uchun 29−30-iyun kunlari, olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun 1-iyul kuni qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.
  3. Joriy yilda ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi.
    Buning uchun magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishlari kerak.
  4. AQSh Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.
    Shuningdek, ro‘yxatga tadbirkor Gennadiy Timchenko, Davlat dumasi deputati Sulaymon Kerimov va boshqa bir qator yirik tadbirkorlar ham kiritilgan.
  5. 2023−2024-o‘quv yili uchun OTMlarga hujjat topshirish boshlandi.
    Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
  6. Venchur tahlilchisi kursining o‘ninchi oqimiga arizalar qabul qilinmoqda.
    Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, kurs 4 hafta davom etadi.
  7. Ukrainaning Uklon taksi xizmati O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi.
    Hozircha taksi xizmati faqat Toshkent shahrida mavjud. Shuningdek, Uklon yetkazib berish xizmatini ham taqdim etadi.
  8. “Uzbekistan Airways” parvozlarni boshqarish markazini foydalanishga topshirdi. Foto.
    Mazkur markaz havo kemalarining holatini kuzatish, parvozga tayyorlik darajasi va parvozdagi yo‘lovchilar haqida to‘liq ma’lumot olish imkonini beradi.
  9. YouTube videolarni turli tillarga avtomatik dublyaj qilishni sinovdan o‘tkaza boshladi.
    U hozircha ba’zi mualliflar uchun mavjud bo‘lib, faqat ingliz, ispan va portugal tillarida ishlamoqda.
  10. Qurbon Hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
    Xususan, Qarshi, Samarqand, Namangan hamda Xivaga 26-iyundan 3-iyulgacha qatnovlar tashkil etiladi.