29-iyul kuni Olmazor tumanidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, tumandagi “Keles” podstansiyasida avariya sodir bo‘lganligi sabab, ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minoti uzilgan.

Xususan, “Olimpiya”, “Shon Shuhrat”, “Nihol”, “Yuqori Beshqo‘rg‘on” hamda “Qoraqamish” — 2/1, 2/5 massivida elektr energiyasi yetkazib berish soat 19:00 gacha to‘xtatildi.

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ta’mirlash, tiklash ishlari olib borilayotgani qayd etilib, yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘ralgan.

28-iyul kuni tumanning 5 ta mahalla hududlarida elektr energiyasi o‘chirilgandi.

Qariyb ikki oydan buyon “Hududiy elektr tarmoqlari” elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida tarmoqda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.