Noyabr oyida O‘zbekiston Xitoyga tabiiy gaz eksportini qariyb 30%ga oshirdi. Bu haqda Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlarida keltirilgan.

O‘tgan oyda mamlakatga O‘zbekiston gazining oylik yetkazib berish hajmi $54,58 mlnni tashkil etib, oktabr oyiga nisbatan 29,2%ga o‘sdi. Xitoyga gaz eksporti ikkinchi oy ketma-ket o‘sishda davom etmoqda.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Xitoyga $509,03 mlnlik tabiiy gaz eksport qildi, bu 2022-yilning mos davridagi ko‘rsatkichning yarmiga teng.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning o‘zi ham gaz importchisi maqomini mustahkamlamoqda. Xususan, sentabr oyida Turkmanistondan yoqilg‘i yetkazib berish keskin oshdi.

Oktabr oyida esa Rossiyadan Qozog‘iston orqali “Markaziy Osiyo-Markaz” quvuri tizimi bo‘yicha gaz eksporti boshlandi. Gaz eksportidan tushgan daromadlar importni qoplamaydi.

Avvalroq “Hududgazta'minot” iste’molchilarga tabiiy gaz to‘liq hajmda yetkazib berilayotganini ma’lum qilgandi.