O‘zbekistonliklar Germaniyaga avtomobilsozlik sohasiga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbout xizmati xabar berdi.

Ayni paytda temirchilik mashina ustasi yo‘nalishi bo‘yicha 5 mingta bo‘sh o‘rni uchun hujjatlar qabuli ketmoqda.

Ish vaqti haftada 40 soatni (5/2) tashkil etib, ishchilarga 2500 yevro miqdorida oylik maosh beriladi.

Qabul qilinganlarga ijtimoiy himoya va tibbiy sug‘urta tadqim etiladi.

Turar joy ishchilarning o‘z hisobidan qoplanadi. Sinov muddati — 3 oy.

Nomzodlar 18−40 yosh oralig‘ida, 1 yillik ish tajribasi va o‘rta maxsus ta’lim darajasiga ega bo‘lishlari kerak.

Shuningdek, nemis tilidan kamida B1 darajadagi sertifikat ham so‘raladi. Talablar haqida batafsil bu yerda.

Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin.

O‘zbekistonliklar Germaniyaga dehqonchilik hamda elektrik sifatida ishlarga taklif qilinmoqda.

Avvalroq “Spot” mazkur platforma orqali hujjatlarni qanday topshirish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etgandi.