Toshkent viloyatining Parkent tumanida birinchi IT-shaharcha qurilishiga start berildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 18-may kuni tumanning Samsarak qishlog‘ida o‘tkazilgan “Villayat Samsarak: Creative Eco IT Village” loyihasi taqdimotida vazir Sherzod Shermatov, tuman hokimi Sardor Isoqulov ishtirok etdi.

“Villayat Samsarak” eko qishlog‘i “Villayat” kompaniyalar guruhining tajriba loyihasi bo‘lib, “yashil” va ijodiy iqtisodiyot doirasida faoliyat yuritadi.

Viloyat turizm salohiyatini rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

IT-shaharcha hududda yoshlarning o‘z kasbini topishi va rivojlanishi, shuningdek, IT-sohasini rivojlantiruvchi makon bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq prezident ishtirokidagi yig‘ilishda mamlakatning 15ta hududida IT-shaharchalarni qurish rejalashtirilgani ma’lum qilingandi.

Tegishli hujjatga ko‘ra, bunday maskanlar yana Chimboy, G‘ijduvon, Zomin, Sharof Rashidov, Forish, Xatirchi, Pop, Shahrisabz, Qo‘shrabot, Sariosiyo, Sirdaryo, Toshloq va Tuproqqal’a tumanlari hamda Xonobod shahrida tashkil etiladi.

O‘zbekistonda Raqamli inklyuzivlik loyihasiga start berilgani haqida ma’lum qilingandi.