YI AliExpress’ni “noqonuniy va kontrafakt tovarlar” sotgani uchun $629 mln jarimaga tortdi, deb yozadi Bloomberg.
Yevropa komissiyasi AliExpress platformasida sotilgan xavfli va kontrafakt mahsulotlar bilan bog‘liq xatarlarni yetarli darajada baholamagan, degan xulosaga keldi.
Gap bir necha hafta davomida platformada sotuvda qolgan qalbaki mahsulotlar, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan o‘yinchoqlar va kosmetika haqida bormoqda.
Shu sababli AliExpress $629 mln jarimaga tortildi. Bundan tashqari, kompaniya 2026-yil 20-oktabrgacha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish rejasini taqdim etishi kerak. Aks holda, unga qo‘shimcha jarimalar qo‘llanishi mumkin.
YI, shuningdek, AliExpress’ning qoidalarni buzgan sotuvchilarni jazolash tizimini samarasiz deb topdi.
Natijada taqiqlangan mahsulotlar savdosi davom etgan, kontrafakt mahsulot sotuvchilari esa platformadagi tekshiruvlarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
AliExpress esa jarimani nomutanosib deb hisoblashini bildirib, qaror platformada joriy etilgan xavfsizlik va nazorat bo‘yicha yaxshilanishlarni inobatga olmaganini ta’kidladi.
Mazkur jarima Yevropa Ittifoqining Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuni (DSA) doirasida hozirgacha qo‘llangan eng yirik jarima bo‘ldi.
Avvalroq, 2025-yil dekabrida X ijtimoiy tarmog‘i $140 mln, 2026-yil may oyida esa Temu 200 mln yevro jarimaga tortilgan edi.
Avvalroq Spot Meta’ga bolalarning jtimoiy tarmoqqa qaramligi uchun $1,4 trln jarima tahdid solayotgani haqida yozgandi.