Avvalroq Spot 13-avgust kuni imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani haqida yozgan edi.

Hujjat “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ham nazarda tutadi.

Unga ko‘ra, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi doirasida olishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilandi.

Talabgor maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali vakolatli organga bepul xabar berib, ayrim faoliyat turlarini litsenziya yoki ruxsat beruvchi hujjat olmasdan amalga oshirishi mumkin.

Maxsus rejim 3 oy amal qiladi. Shu davrda tadbirkor tegishli faoliyatni litsenziyasiz yoki ruxsat beruvchi hujjatsiz amalga oshirgani uchun javobgarlikka tortilmaydi.

Bu vaqt davomida tadbirkor o‘z faoliyatini litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqlashtirishi, tegishli hujjatni olishi yoki ushbu faoliyatni to‘xtatishi kerak.

Shuningdek, qonun bilan maxfiy hujjatlarni 30 yilgacha saqlash muddati belgilandi. Shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar quyidagicha saqlanadi:

  • 2019-yil 1-yanvargacha ish yurituvi yakunlangan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar idoraviy arxivlarda — 75 yil;
  • 2019-yil 1-yanvardan boshlab shakllantirilgan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar idoraviy arxivlarda — 50 yil.

Avvalroq Spot Senat bozor nazorati to‘g‘risidagi qonunni ma’qullagani haqida yozgan edi.