O‘zbekistonda 1-apreldan nimalar o‘zgaradi

“Spot” aprel oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Millionlab odamlarni ish bilan ta’minlashi mumkin” — O‘zbekiston BPO sohasini nimalar kutmoqda. Ekspert fikri

Timurmalik Elmuradovga ko‘ra, mamlakatning BPO xizmatlariga dunyoda talab ortmoqda. Insonlarning esa raqamli ko‘nikmalarini oshirish zarur.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


1-apreldan ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Prezident farmoni bilan ish haqi, pensiya va nafaqalar 7%ga oshirilishi belgilangan.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Italiyaning Padua universiteti magistranti Sitora Salaeva hikoyasi

U “Spot” bilan suhbatda nima uchun Italiyani tanlagani, o‘qishdagi qiyinchiliklar hamda Amerikadagi amaliyoti haqida batafsil so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Kompaniya xizmatlarini hamma uchun qulay qila olmaydi” — “Humans” bosh direktori ekotizim, raqobat va negativ haqida

Vladimir Dobrinin “Spot"ga bergan intervyusida kompaniyaning negativ bilan qanday ishlashi, “Humans for Business” qanday muammoni hal etishi, bozorda qancha vaqt davomida naqd pul hukmron bo‘lishi va mamlakat fintech markaziga aylanishi uchun nima zarurligi haqida gapirib berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “Uzum” taom yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchi. Shuningdek, kompaniya yaqin uch yil ichida xalqaro birja yoki bir nechta birjalarda IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
  2. “Mazkur qarorning qabul qilinishi aholi uchun manfaatli bo‘ldi” — Zafar Hoshimov. Tadbirkor ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining bojxona bojidan ozod etilgach, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida ham mazkur mahsulotlar arzonlashtirilgan narxlarda sotilishini ma’lum qildi.
  3. “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yilgi birinchi stipendiya tanloviga arizalar qabul qilmoqda. 500 o‘ringa mo‘ljallangan tanlovda bakalavriatura, magistratura hamda doktorantura uchun nomzodlar hujjat topshirishi mumkin.
  4. O‘zbekistonda issiqxona pomidorining narxi qimmatlashishda davom etmoqda — “EastFruit”. Oʻtgan haftada qizil dumaloq pomidorning oʻrtacha ulgurji narxi 29%ga va oʻtgan yilga nisbatan deyarli 2 baravar oshgan.
  5. “O‘zsanoatqurilishbank"ga $125 mln, “Asakabank"ka esa $100 mln xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi. Natijada banklar faoliyatida o‘sish kuzatilishi hamda bu va boshqa banklariga xalqaro moliya bozorlarida ishonch, xorijiy investor va hamkorlarning qiziqishi ortadi.
  6. 32 toifadagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga bojlarning bekor qilinishi aholiga nima beradi. Ekspert fikri. Bu aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini maqsadli qo‘llab-quvvatlab, kam ta’minlangan oilalarga iste’molni rag‘batlantirish imkonini beradi.
  7. O‘zbekiston turizm sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? “Spot” Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan mamlakat turizmini rivojlantirish bo‘yicha videoselektordan muhim vazifa va topshiriqlarni bir joyga jamladi.
  8. O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi. Foto. Unda jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yosh bolali ota-onalar uchun qulayliklar yaratilgan.
  9. Gaz va elektr energiyasi narxlari oshirilmaydi. Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari ijtimoiy ro‘yxatga kiritilgan va energiyadan tejamkorlik bilan foydalanadigan fuqarolarni rag‘batlantirish kerakligini ta’kidladi.
  10. Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — PMTI. Tahlil natijalariga ko‘ra, mart oyida xonadonlar uchun ijara narxlari fevral oyiga nisbatan 2%ga pasaygan.