Sirdaryo viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda “O‘zsuvta'minot” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan 15-dekabrdan ichimlik va oqova suvlarning yangilangan tariflari joriy qilinadi.

Unga ko‘ra, bir metr kub ichimlik suv narxi quyidagicha:

  • aholi uchun — 2 500 so‘m;
  • budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun — 7 ming so‘m.

Oqova suvi xizmati uchun:

  • aholi uchun bir metr kubi — 800 so‘m;
  • budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilari uchun — 2 000 so‘m.

Joriy yildan mamlakatning boshqa hududlarida ham chimlik va oqova suvi xizmatlari tarifiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, joriy yilning 1-avgustidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida narxlarning yangi tarifi joriy etildi. 20-avgustdan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun narxlar oshirildi.

Shuningdek, Xorazm, Samarqand hamda Farg‘ona viloyatlarida ham ichimlik va oqova suv xizmatlari narxiga yangi tariflar belgilandi.

9-dekabrdan Toshkent shahrida ham ichimlik va oqova suv narxining yangi tariflari amal qiladi. 1-dekabrdan esa issiq suv ta’minoti va issiqlik energiyasi uchun yangi tariflar qo‘llanila boshlaydi.