“O‘zaviatsiya” agentligi Turkiyaning “AJet” (sobiq “AnadoluJet”) aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat bergandi. Bu haqda agentlik matbout xizmati xabar berdi.

Hujjat aviakompaniyasiga mamlakatlar o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida taqdim etilgan.

Muntazam aviaqatnovlar Anqara-Toshkent-Anqara yo‘nalishida, Boeing 737−800 rusumli havo kemalarida amalga oshiriladi.

Bungacha “Turkish Airlines” tarkibiga kiruvchi “AnadoluJet” 2023-yilninga aprelida Anqaradan Toshkentga qatnovlarni amalga oshirgan.

2023-yilning sentabrida agentlik Turkiyaning “SunExpress” aviakompaniyasiga ruxsatnoma bergandi. Noyabrga kelib, Izmirdan Samarqandga parvozlarni boshladi.

Avvalroq Qozog‘istonning “Qazaq Air” aviakompaniyasi Turkistondan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yayotgani haqida xabar berilgandi.