18-aprel kuni valyuta birjasida dollar kursi yana rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12697 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 2 so‘m 04 tiyinga oshdi.

Dollar kursi 15-aprel kuni 12 so‘m 43 tiyinga pasayib, 12654 so‘m, 8-aprel kuni 9 so‘m 20 tiyinga pasayib 12675 so‘mni, 9-aprelda esa 11 so‘m 65 tiyinga pasayib 12664 so‘mni tashkil etgandi.

Dollar kursi 4-aprel kuni 12 680 so‘m,3-aprelda 12 668 so‘m, 1-aprel kuni 12 645 so‘m, 29-mart kuni 12 628 so‘m, 28-mart kuni 12 620 so‘m, 27-mart kuni 12 600 so‘m, 20-mart kuni 12575 so‘m bo‘lgandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.