O‘zbekistonda elektromobillar soni ikkinchi chorakda 12% ga oshdi, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

1-iyul holatiga mamlakatda 122,7 mingta elektromobil ro‘yxatdan o‘tgan. Bu birinchi chorak yakunidagi 109,2 mingta avtomobilga nisbatan 12,4% ga ko‘p.

Yilning birinchi yarmida elektromobillarning jismoniy shaxslar tasarrufidagi jami 4,98 mln transport vositasidagi ulushi 2,46% dan biroz oshdi.

Elektromobillarning eng ko‘pi Toshkent shahrida — 88,4 mingta. Ikkinchi chorakda ularning soni 8645 taga yoki 10,8% ga oshgan. Poytaxt mamlakatdagi barcha elektromobillarning qariyb 72% ini tashkil etadi.

Toshkent viloyatida elektromobillar soni 8194 ta dan 9546 ta gacha, ya’ni 16,5% ga oshgan. Samarqandda 4525 ta dan 4870 ta gacha, Xorazmda 3042 ta dan 3784 ta gacha, Qashqadaryoda esa 2611 ta dan 3045 ta gacha ko‘paygan.

Ikkinchi chorakdagi eng yuqori nisbiy o‘sish Qoraqalpog‘istonda qayd etilib, elektromobillar soni 37,3% ga oshib, 1387 ta ga yetgan. Surxondaryoda bu ko‘rsatkich 36,2% ga (429 ta), Jizzaxda 35,6% ga (701 ta), Navoiyda esa 26,8% ga (2227 ta) oshgan.

Hudud
1-aprel
1-iyul
O‘zgarish
Toshkent shahri
79 851
88 496
+10,8%
Toshkent viloyati
8 194
9 546
+16,5%
Samarqand viloyati
4 525
4 870
+7,6%
Xorazm viloyati
3 042
3 784
+24,4%
Qashqadaryo viloyati
2 611
3 045
+16,6%
Farg‘ona viloyati
2 231
2 442
+9,5%
Navoiy viloyati
1 756
2 227
+26,8%
Buxoro viloyati
1 685
1 963
+16,5%
Andijon viloyati
1 477
1 607
+8,8%
Namangan viloyati
1 156
1 237
+7%
Qoraqalpog‘iston
1 010
1 387
+37,3%
Sirdaryo viloyati
799
993
+24,3%
Jizzax viloyati
517
701
+35,6%
Surxondaryo viloyati
315
429
+36,2%

Avvalroq Spot elektromobillar importi yil boshidan buyon 2,6 baravarga oshgani haqida yozgandi.