“Wildberries” bilan Farg‘ona viloyatida logistika markazi ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deya xabar bermoqda Savdo-sanoat palatasi.

Savdo-sanoat palatasi Fargʼona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Rossiyaning “Wildberries” kompaniyasi vakili Gubanov Maksim bilan muzokaralar oʼtkazil

“Wildberries"ga logistika markazi uchun Uchko‘prik tumanidagi “Boboshbek” ishlab chiqarish-logistika va savdo majmuasi hududida 3200 m.kv ombor binosi ajratib beriladi.

Ish jarayonini tashkil etish joriy oyning kelgusi haftasiga rejalashtirildi.

“Wildberries” 2022-yil 14-fevralda Toshkentda birinchi tarqatish punktini ochdi. Platforma asoschisi Tatyana Bakalchuk “juda istiqbolli bozor” deb atagan O‘zbekiston kompaniya uchun 20-mamlakat bo‘ldi.

2022-yil yozidan boshlab marketpleys mahalliy hamkorlar bilan hisob-kitoblarda so‘mga o‘tdi.

Hozir O‘zbekistonda 57 ta Wildberries qabul qilish punkti, shuningdek, 196 ta sotuvchi mavjud.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili mahalliy mahsulotlar savdosi ikki baravar koʻpaygan. Yuqori o‘sish sur’ati hozirgi kungacha davom etmoqda — masalan, aprel oyida sotuvlar 79%ga o‘sdi.

O‘tgan yil noyabr oyida Tatyana Bakalchuk Toshkentda $130 mln.ga “Wildberries” logistika va saralash majmuasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Toshkent viloyatida joylashgan 1122 kvadrat metr maydonga ega logistika markazi o‘tgan hafta ish boshladi.


Avvalroq “Spot” “Wildberries” O‘zbekistonda elektronika sotuvchilari uchun savdo komissiyasini kamaytirishi haqida yozgandi.