Ofitsiantlikdan restoratorlikkacha: Podushechnaya va Nice Joy qanday yaratilgan?
Ilhom Vafoyev va Ruslan Gemazudinov “Spot"ga muassasani qanday ishga tushirganlari, $80 mingga minusga ketganlari va restoran biznesida sifat standartlarining ahamiyati haqida so‘zlab berdilar.
Xorijda ta’lim: Janubiy Koreya universiteti talabasi Azada Nizamatdinova hikoyasi
Azada “Spot” bilan suhbatda Koreya grantini qanday qo‘lga kiritgani, talabalar o‘qish davrida turli ishlarda ishlab, soatiga $9 dan kuniga $100 gacha ishlab topishlari mumkinligi, o‘zi tarjimonlik qilib qancha topishi hamda universitet taqdim etadigan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekistonda biznesning foydasini qanday to‘g‘ri hisoblash mumkin?
Auditor Yevgeniya Son Spot’ga kompaniya foydasini to‘g‘ri hisoblash uchun zarur bo‘lgan beshta qadam haqida so‘zlab berdi.
Biznes tarixi: Sukerbergni milliarderga aylantirgan Facebook ijtimoiy tarmog‘i qanday yaralgan?
Mazkur maqolada tarmoq qanday yaratilgani, qanday bosqichlarni bosib o‘tgani va bugungi kundagi daromadi haqida so‘z yuritiladi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- O‘zbekistonda rahbarlar faoliyatini baholovchi tizim yaratildi. Xususan, samaradorlik.uz avtomatlashtirilgan axborot tizimi sinov tarzida ishga tushirilib, rahbarlar faoliyati samaradorligini baholash imkoni yaratilmoqda.
- “World Halal Trust” kompaniyasi O‘zbekistonga halol turizmni rivojlantirishga yordam beradi.
Tomonlar turizm xizmatlarini Halol sertifikatlash masalalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni xalqaro, milliy, mintaqaviy darajalarda o‘tkazish usullarini ishlab chiqishda ishtirok etishlari belgilangan. - Feyk xabarlarni aniqlovchi platforma yaratildi. Mazkur platforma orqali xabarning rost yoki yolg‘onligini, rasmiy yoki tasdiqlanmagan manbadan ekanligini aniqlash mumkin.
- O‘zbek so‘mi dunyodagi eng zaif valyutalar reytingida yettinchi o‘rinni egalladi.
Mazkur reytingda birinchi o‘rinni Eron riali, o‘ninchi o‘rinni esa Uganda shillingi egallab turibdi. - Banklar reytingi: Kapital bank va Davr bank yetakchilikni saqlab qolmoqda.
Joriy yilning birinchi yarmi uchun Banklar faollik indeksi hisoblandi. Unda 29 ta tijorat banki katta va kichik banklarga guruhlanib, baholandi. - Maktablarda yuqori internet tezligiga ega tarif rejasi joriy etiladi.
Bunda 400 tagacha o‘quvchisi bo‘lgan maktablarda Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lganlarida esa kamida 100 Mbit/s bo‘lishi nazarda tutilmoqda. - IT Park rezidentlarining xodimlari Courserada bepul o‘qitiladi.
Loyiha kompaniyalarning 50 nafargacha xodimlarini o‘qitish va qayta tayyorlashga yordam beradi. - Siyosat, IT, savdo, atroh-muhit hamda turizm — prezident Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan sammitda nimalarni ilgari surdi?
Shavkat Mirziyoyev mintaqalar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan beshta yo‘nalish bo‘yicha muhim tashabbuslar va takliflarni bildirdi. - Xitoyning CAMC kompaniyasi Qashqadaryoga $16 mln yo‘naltiradi.
Viloyatda turistik-rekreatsion zona tashkil etish, kanat yo‘lini qurish hamda maxsus iqtisodiy zonani hamkorlikda rivojlantirish belgilanmoqda. - “Hero Training” akseleratsiya dasturining ikkinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilinmoqda.
Unda o‘zbekistonlik startaplar ham ishtirok etishi mumkin. Dastur onlayn hamda oflayn ravishda o‘tkazilib, eng yaxshi loyihalar Silikon vodiysiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.