O‘zbekistonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda aerokosmik universitet tashkil etilishi mumkin. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

12-oktabr kuni vazir o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Koreya aerokosmik universiteti prezidenti Hee-Young Hurr boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Unda mamlakatda aviatsiyasi sohasida professional kadrlarga bo‘lgan talab ortib borayotgani sabab, universitet bilan o‘zaro hamkorlikda o‘quv kurslarini tashkil etish masalasi muhokama etildi.

Toshkent davlat transport universiteti bilan Koreya aerokosmik universiteti filialini, davlat va xususiy sektor aviatsiya sanoati xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv dasturlarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi

Hee-Young Hurr KAU dasturlarni ishlab chiqishi va tegishli mutaxassislar ishtirokida maxsus ma’ruzalar o‘tkazishni tashkil qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda turli sohalarda investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Investitsiyalar hajmi $7 mlrddan ortiqni tashkil etib, qariyb 1000ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.

Sentabr oyida mamlakatning “Hyundai Rotem”, “KEC” korporatsiyasi hamda “Cheil Engineering” va “Dohwa Engineering” kompaniyalari bilan transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilishga kelishildi.

Sangwon” kompaniyasi $15 mln, “TG Holding” kompaniyasi $150 mln sarmoya kiritmoqchi. Namanganda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash va eksport qilish logistika markazi, “School Foundation Sang Yoo” kompaniyasi bilan IT-akademiya tashkil etiladi.

Shuningdek, “SK Group” kompaniyasi Toshkent viloyatida mis folga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.