Joriy yilning 15-yanvaridan Qoraqalpog‘istonda ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar joriy etiladi. Bu haqda “O‘zsuvta'minot” matbuot xizmati xabar berdi.

Xizmat turi
Ichimlik suvi (1m3)
Oqova suv (1m3)
Amaldagi tarif
Yangi tarif
Amaldagi tarif
Yangi tarif
Aholi uchun
1850 so‘m
2900 so‘m
1100 so‘m
1400 so‘m
Budjet tashkilotlari uchun
3695 so‘m
6383 so‘m
2350 so‘m
3136 so‘m
Ulgurji iste’molchilar uchun
3695 so‘m
6383 so‘m
2350 so‘m
3136 so‘m

Bunda, aholi uchun ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari bo‘yicha tariflar QQSsiz undiriladi.

Yangilangan tarifda budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun ichimlik narxi 5700 so‘m va oqova suv narxi esa 2800 so‘m etib belgilanadi.

Qayd etilishicha, yangi tariflar ish haqi, elektr-energiya, soliq to‘lovlari, xorijiy kreditlar to‘lovi amalga oshirilgani, joriy va kapital ta’mirlash, tizimni modernizatsiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etilishidan kelib chiqib belgilanmoqda.

O‘tgan uch yilda Qoraqalpog‘istonda markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 61,5%dan 70,5%ga, kanalizatsiya qamrovi 5,4%dan 5,6%ga yetkazildi.

Shuningdek, kelgusi besh yilda respublikada markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 70,5%dan 89,7%ga, kanalizatsiya qamrovi esa 5,6%dan 24,6%ga yetkazilishi rejalashtirilgan.

2023-yildan mamlakatning boshqa hududlarida ham chimlik va oqova suvi xizmatlari tarifiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, o‘tgan yilning 1-avgustidan Surxondaryo viloyatida narxlarning yangi tarifi joriy etildi. 20-avgustdan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun narxlar oshirildi.

Shuningdek, Xorazm, Samarqand hamda Farg‘ona viloyatlarida ham ichimlik va oqova suv xizmatlari narxiga yangi tariflar belgilandi. 9-dekabrdan Toshkent shahrida, 15-dekabrdan esa Sirdaryo viloyatida ichimlik va oqova suv narxining yangi tariflari joriy qilindi.