Joriy yilning 15-yanvaridan Buxoro viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar joriy etiladi. Bu haqda “O‘zsuvta'minot” matbuot xizmati xabar berdi.

Xizmat turi
Ichimlik suvi (1m3)
Oqova suv (1m3)
Amaldagi tarif
Yangi tarif
Amaldagi tarif
Yangi tarif
Aholi uchun
2400 so‘m
3100 so‘m
1800 so‘m
2800 so‘m
Budjet tashkilotlari uchun
3800 so‘m
7000 so‘m
2600 so‘m
4800 so‘m
Ulgurji iste’molchilar uchun
3800 so‘m
7000 so‘m
2600 so‘m
4800 so‘m

Bunda, aholi uchun ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari bo‘yicha tariflar QQSsiz undiriladi.

Shunigdek, “Damxo‘ja suv ta’minoti” orqali ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha 1 metr kub, aholi va suv ta’minoti korxonalari uchun 650 so‘m (suv ta’minoti korxonalari orqali), boshqa yuridik iste’molchilar uchun 1500 so‘m qilib belgilanmoqda.

15-yanvardan Qoraqalpog‘istonda ichimlik va oqova suv narxlari oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra aholi uchun ichimlik suvi narxi 2900 so‘mga, budjet tashkilotlari hamda ulgurji iste’molchilar uchun 6383 so‘mga oshirilmoqda.

2023-yildan mamlakatning boshqa hududlarida ham chimlik va oqova suvi xizmatlari tarifiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, o‘tgan yilning 1-avgustidan Surxondaryo viloyatida narxlarning yangi tarifi joriy etildi. 20-avgustdan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun narxlar oshirildi.

Shuningdek, Xorazm, Samarqand hamda Farg‘ona viloyatlarida ham ichimlik va oqova suv xizmatlari narxiga yangi tariflar belgilandi. 9-dekabrdan Toshkent shahrida, 15-dekabrdan esa Sirdaryo viloyatida ichimlik va oqova suv narxining yangi tariflari joriy qilindi.