Banklardagi ipoteka kreditlari. 2024-yil mart oyi bo‘yicha

Mavjud 35ta bankdan 13tasida ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, o‘rtacha foiz stavkasi 25%ni tashkil qiladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Nikita Makarenkoning ryukzagida nima bor?



Ruminiya universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham bakalavr, magistratura va PhD uchun ishtirok etishlari mumkin.

hafta yakuni, yangiliklar


Xorijda ish, nomzodlarga talablar va noqonuniy yurish oqibatlari — Migratsiya agentligi bilan suhbat

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Bobur Valiyev xorijda mehnat faoliyati olib borish, ish o‘rinlari va ularga qo‘yilgan talablar haqida batafsil so‘zlab berdi.



AQShning Fulbright grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham magistratura darajasi uchun ishtirok etishlari mumkin. Dastur barcha xarajatlarni qoplaydi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Ilon Mask televizorlar uchun YouTube analogini ishga tushiradi.
    Ilova kelasi hafta ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu televizorlarga o‘rnatilgan YouTube ilovasi bilan bir xil ko‘rinadi.
  2. Apple Qozog‘istonda rasmiy ofisini ochishi mumkin.
    Agar mamlakatda Amerika kompaniyasining ofisi ochilsa, Markaziy Osiyodagi birinchisi bo‘ladi.
  3. Balenciaga yopishqoq lenta shaklidagi bilaguzukni taqdim etdi.
    Qayd etilishicha, mazkur innovatsion dizaynli bilaguzuk narxi 3000 yevroni tashkil qiladi.
  4. O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ikki oyda $2 mlrddan ortiqqa kamaydi.
    Mamlakat zaxiralari yanvar-fevral oylarida jami $2,37 mlrdga kamayib, $32,2 mlrdni tashkil etdi.
  5. Rossiyada sohasi bo‘yicha ishlamayotgan migrantlar deport qilinishi mumkin — Izvestiya.
    Ularga mamlakatda vaqtinchalik mehnat qilish huquqini tasdiqlovchi maxsus hujjat olish taklif etilmoqda.
  6. UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo narxlarini oshirdi.
    Mazkur avtomobillar narxi 2,5−6,7%gacha oshirilgan. Oldingi shartnoma paytida kechiktirilgan to‘lovlar uchun qayta kontraktatsiya ochiladi.
  7. O‘zbekistonda inomarkalarga talab ortib bormoqda.
    O‘tgan oyda xorijiy yangi yengil avtomobillar sotuvi 2,7 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, yil davomida savdo 15,6%ga o‘sdi.
  8. Butun dunyo bo‘ylab shokolad narxi oshib ketishi mumkin — Reuters.
    Qayd etilishicha, bunga yomon kakao hosili hamda kakao dukkaklarining yuqori narxlari sabab bo‘lmoqda.
  9. O‘zbekistonda McDonald’s tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
    “Reach Impex” tomonidan Adliya vazirligiga tegishli ariza bilan murojaat qilingan.
  10. 1-apreldan AI-80 benzini, dizel yoqilg‘isi hamda suyultirilgan gaz narxi oshiriladi.
    O‘zbekneftgaz neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari o‘zgarishini ma’lum qildi.