«toshkent» tegli maqolalar
Kecha, 17:02 Transport
Ikki qavatli pulli halqa yo‘li Toshkentni aylanib o‘tish imkonini beradi — hokim
Shavkat Umurzakovning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l tranzit va tumanlararo harakat uchun markazdan o‘tishning muqobili bo‘ladi.
Kecha, 11:29 Iqtisodiyot
Toshkentda havo ifloslanishi sabab 300 gektar issiqxona yo‘nalishi o‘zgartirildi — Umurzakov
Issiqlik elektr stansiyalarida mazutdan butunlay voz kechilgan bo‘lib, undan foydalanish Ekologiya qo‘mitasi nazoratida turibdi.
Kecha, 10:08 Energetika
Toshkentda har yili kamida 200 MVt yangi energiya quvvatlarini ishga tushirish kerak — hokim
Aholi ehtiyoji ortib borayotgani sababli shahar infratuzilmasi quvvati poytaxtning rivojlanish sur’atlari va ko‘lamidan orqada qolmoqda.
1 oktabr 2026, 10:01 Transport
Toshkentda avtobusda nazoratchiga qarshilik qilgan yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi
Yo‘lovchi yo‘lkira haqini to‘lamagan, nazoratchining talabini bajarmay janjal chiqargan va unga kuch ishlatishga uringan.
23 sentabr 2026, 14:45 Energetika
Toshkentda Jahon banki ishtirokida uy-joylarning energiya auditi o‘tkaziladi
Isitish samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish uchun har bir xonadonga issiqlik yo‘qotish manbalarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
22 sentabr 2026, 16:02 Iqtisodiyot
Yil boshidan buyon Toshkentda uy-joy savdosi 27,5% ga oshdi — ITIM
Shuningdek, yuqori o‘sish sur’atlari Sirdaryoda 25,4%, Andijonda esa 23,8% ni tashkil etdi.
22 sentabr 2026, 12:19 Iqtisodiyot
Milliy kutubxona ortidagi 1,3 gektar maydon avtoturargoh tashkil etish uchun auksionga chiqariladi
Maydondagi obyektdan foydalanish huquqi xususiy sherikka 10 yilga berilishi mumkin. Loyiha doirasida mavjud daraxtlar saqlanib qoladi.
18 sentabr 2026, 14:23 IT
Toshkent maktablarida davomatni nazorat qiluvchi Face ID tizimi ishga tushirildi
Ayni paytda tizim Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda sinovdan o‘tkazilmoqda. Ushbu maktablarga jami 446 ta smart kamera o‘rnatilgan.
18 sentabr 2026, 10:57 Iqtisodiyot
“Bu hududning istiqboli juda katta”: Saida Mirziyoyeva biznesni Yangi Toshkentga investitsiya kiritishga chaqirdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Shayxontohur tumanida barpo etiladigan bog‘ hududi va O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurdi.
15 sentabr 2026, 13:57 Ko‘chmas mulk
Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda
Loyiha umumiy maydoni 201 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ko‘p qavatli mehmonxona va biznes markazi binosini o‘z ichiga oladi.
14 sentabr 2026, 18:47 Iqtisodiyot
“Toshkentda ishsiz yoki kambag‘al odamlar borligini aytishga uyalaman” — Uchtepa tumani hokimi
Bunyod Mamadjаnovning ta’kidlashicha, ishsizlik uchun hokimiyatning o‘zi aybdor, chunki fuqarolarga kam maoshli ishlar taklif qilinmoqda.
14 sentabr 2026, 12:50 Iqtisodiyot
Toshkentda 9 mlrd so‘mdan ortiq noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan shaxs aniqlandi
U Binance orqali kriptoaktivlar bilan qariyb 700 ta oldi-sotdi operatsiyasini amalga oshirgan.
11 sentabr 2026, 20:07 Iqtisodiyot
O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda Vaziyatlar markazi tizimi joriy etiladi
Tizim orqali oliygoh va yotoqxonalarga kirib-chiqish hamda talabalar davomati onlayn nazorat qilinadi.
11 sentabr 2026, 19:32 Iqtisodiyot
Toshkentga 2027-yilda $10 mlrd investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda
Poytaxtda 150−200 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha reja ishlab chiqiladi.
10 sentabr 2026, 14:34 Iqtisodiyot
Toshkentda sentabr-oktabr oylarida sovuq suv ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi
Ichimlik suvi 14-sentabr 22-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga esa maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.
9 sentabr 2026, 14:34 Ta'lim
Toshkentdagi maktablar oldida o‘quvchilarni xavfsiz tushirish zonalari tashkil etilmoqda
Dastlab maxsus to‘xtash joylari Yunusobod va Shayxontohur tumanlaridagi ikkita maktab oldida tashkil etildi.
7 sentabr 2026, 14:31 Transport
Toshkent-Parkent yo‘nalishida elektr poyezdlar qatnovi boshlandi
Poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun 24 km uzunlikdagi temir yo‘l hamda Parkentda stansiya qurildi.
7 sentabr 2026, 09:48 Transport
Toshkentda bir kunda 1,46 mln transport vositasi harakatlandi
5-sentabr kuni poytaxtdagi tirbandlik darajasi 4−5 ballni tashkil etdi, avtobus va metroda jami 1,8 mln dan ortiq yo‘lovchi tashildi.
4 sentabr 2026, 14:34 Iqtisodiyot
Glinka ko‘chasidagi avariyaga yerosti quvuridan gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ayni paytda mutaxassislar gaz quvuri va muhandislik tarmoqlarining holatini o‘rganmoqda.
3 sentabr 2026, 17:21 Iqtisodiyot
Toshkentdagi Glinka ko‘chasida asfalt o‘pirilib tushdi. Hodisa haqida nimalar ma‘lum?
Hodisa issiq suv ta’minoti tarmog‘ida yuz bergan. Oqibatda bir kishi yengil tan jarohati olib, ko‘chada transport harakati vaqtincha to‘xtatilgan.