Markaziy bank milliy valyuta ramzini yaratish boʻyicha tanlov natijasini eʼlon qildi

Soʻm ramzini yaratish uchun tanlovga yuborilgan arizalarning umumiy soni 17 mingdan ortiqni tashkil etdi.



“Clearstream” tashkiloti O‘zbekiston davlat qimmatli qog‘ozlar bozori bilan integratsiya uchun qiziqish bildirdi

“Clearstream” tashkiloti 2016−2021 yillarda Gruziya, Armaniston, Qozog‘iston, Ukraina, Saudiya Arabistoni va Serbiya mamlakatlarining moliya bozorlari bilan tegishli integratsiyani amalga oshirgan.


1-iyuldan elektr va gaz boʻyicha tabaqalashtirilgan tariflarga oʻtiladi

Hukumat 2026-yildan boshlab elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga oʻtishni hamda narxlarni erkin shakllantirishni rejalashtirmoqda.


Regulyator 4 ta sugʻurta kompaniyasining litsenziyalarini vaqtincha toʻxtatdi

Ular orasida yoʻnalishning eng yirik ishtirokchilardan biri “Kafolat” ham bor.


Boshqa yangiliklar:

  1. 40 dan ortiq xususiy yoqilgʻi quyish shoxobchalari benzinni kam toʻldirayotgani aniqlandi — Energetika vazirligi. Shuningdek, sotilgan benzinning 10 foizi sifat standartlariga javob bermaydi.
  2. MIB sobiq “Elektromash” zavodi binosining ikki qavatini auksionga qoʻydi. Lotning boshlangʻich bahosi deyarli 1,2 mlrd soʻmni tashkil etadi. Savdolar narxni pasaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
  3. Xaridorlar chekini roʻyxatdan oʻtkazish orqali 16,5 mln soʻm keshbek toʻplagan kassir aniqlandi. U aprel oyida 443 ta 1,8 mlrd soʻmlik cheklarni roʻyxatdan oʻtkazgan.
  4. O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida savdo-sanoat zonasi tashkil etiladi. Forum yakunlari boʻyicha $1062,6 mln.lik 75 savdo-iqtisodiy hujjat imzolandi.
  5. Endilikda 1-sinfga qabul elektron hukumat portali orqali onlayn amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat xizmati koʻrsatilgani uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.
  6. “IT-Park University” raqamli universiteti tashkil qilindi. Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish sohalari boʻyicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.
  7. “Yashnobod” texnoparkining biznes-inkubatoriga arizalar qabul qilish muddati uzaytirildi. Dasturda 18 yoshdan oshgan yoshlar, yangi ish boshlagan tadbirkorlar, talabalar va tadqiqotchilarning tashabbuskor vakillari ishtirok etishlari mumkin.
  8. Shakar tanqisligi mavjud emas va ichki bozorni yil yakuniga qadar toʻyintirish boʻyicha barcha zaxiralar yaratilgan — Vazirlik. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish ichki bozorda shakar mahsuloti narxlari toʻgʻrisida rasmiy maʼlumot berdi.
  9. Tumaris.Tech loyihasining Markaziy Osiyo inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari uchun arizalar qabuli boshlandi
    Eng yaxshi loyihalar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro startap loyihalar ko‘rgazmasiga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
  10. Koʻp kvartirali uylar konstruksiyalarini noqonuniy oʻzgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravari (4 mln 500 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.