Xorijda ta’lim: University College London universiteti magistranti Munis Xusanova hikoyasi

U Spot’ga Angliyaga qanday ketgani, chet el universitetlarida o‘qish jarayoni va yashash xarajatlari hamda talabalarning ishlashi, universitetda yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Banklardagi overdraft va kredit kartalari. Shartlar va tariflar

Mavjud 35 ta bankdan 8 tasida overdraft, 4 tasida kredit kartalari ochish mumkin.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


2024-yil O‘zbekiston soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlarni bekor qilish rejalashtirilgan. Yuqori daromadga ega o‘z-o‘zini band qilganlar yakka tartibdagi tadbirkorlarga tenglashtiriladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Hikmat Abdurahmonovning ryukzagida nima bor?

Mazkur materialda tadbirkor ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Endilikda poytaxtliklar qaysi hududlar reklama konstruksiyalaridan holi bo‘lishini o‘zlari tanlashadi.
    Bu bo‘yicha so‘rovnomada ishtirok etib, unda manzil, reklama joylashtirilgan joy hamda nima uchun reklama bo‘lmasligi kerakligini tushuntirib, fikr bildirish mumkin.
  2. O‘zbekistonda ichimlik va oqova suv ta’minoti bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi.
    Kelasi yildan ichimlik suv va oqova suvni chiqarib yuborish narxlari mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlar, tizimni rivojlantirish, moliyaviy xarajatlar, soliqlar va majburiy to‘lovlardan kelib chiqib shakllantiriladi.
  3. Kelasi yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi.
    Unga ko‘ra, 2024-yil uchun budjet daromadlari 270,3 trln so‘m, xarajatlari esa 279,6 trln so‘m miqdorida belgilanmoqda.
  4. 1-noyabrdan mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi oshirildi
    Xususan, yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 44%ga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdlari chiptalari esa 60%dan yuqoriroqqa oshirildi.
  5. Germaniya sudi Alisher Usmonovning musodara qilingan mol-mulkini qaytarishga qaror qildi.
    Qayd etilishicha, sud milliarderga qarshi tergov harakatlari doirasida musodara qilingan mol-mulkni ushlab turishini noqonuniy deb topgan.
  6. Toshkent yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida yetakchi bo‘ldi.
    Undan keyingi o‘rinlarda Urganch hamda Buxoro shaharlari turibdi. Reytingning eng past pog‘onasidan Ohangaron va Quvasoy shaharlari joy oldi.
  7. O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini kengaytirishning to‘rtta muhim yo‘nalishi belgilandi.
    “Semmaris” uchta viloyatda agrologistika majmualarini quradi, “Lactalis” Namanganda sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi hamda “Boehringer Ingelheim” onkologik dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish etadi.
  8. “UzAuto Motors” “Lacetti”, “Cobalt”, “Damas” va “Captiva-5” uchun kontraktatsiyani ochdi.
    Avtomobillar uchun shartnomani dilerlik markazlarida va kompaniya rasmiy saytida olish mumkin.
  9. Shavkat Mirziyoyev TDT davlatlari bilan Temir yo‘l idoralari kengashini ta’sis etish taklifini bildirdi.
    Shuningdek, Xitoy, Janubiy Osiyo va Yevropa bozorlariga mamlakatlar orqali o‘tadigan koridorlarni rivojlantirish hamda transport xizmatlarini raqamlashtirish mumkinligi ta’kidlandi.
  10. “Benzin defitsiti mavjud emas” — Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.
    Rossiya tomonidan yoqilg‘i eksportiga kiritilgan cheklovlar O‘zbekistonga yetkazib berish hajmiga ta’sir qilmadi.