Amerikalik milliarderlar pandemiya davrida 2 trln dollarga boyidilar

Ilon Mask eng boy kishiga aylangan holda Bill Geyts va Uorren Baffetning boyligidan ham koʻproq boyib ketdi.



“Зарубежнефть” Jizzax Petroleum neft kompaniyasini xarid qilishga qiziqish bildirmoqda

Xolding kelishuv haqida izoh bermagan, biroq “Oʻzbekistonda keyingi rivojlanishdan” manfaatdor ekanini aytgan



Kriptovalyutalar bozorining hajmi 3 trln dollardan oshdi

Aprel oyida kapitalizatsiya $2 trlndan oshgan edi.


70 foiz aholining asosiy daromad manbai oylik ish haqi ekani maʼlum boʻldi

Daromadi faqat xorijdan pul oʻtkazmalariga bogʻliq aholi esa esa 3,4% ga teng.



Kompaniyalar tarixi: Fastfud imperiyasining yaratilishi — Mcdonaldʼsga qanday asos solingan

Spot Mcdonaldʼs kompaniyasiga asos solinish tarixi va muvaffaqiyat yoʻli haqida qiziqarli maʼlumotlarni tayyorladi.



Shuningdek, boshqa yangiliklar:

  1. Banklarda dollar kursi ilk bor 10 770 so‘mgacha ko‘tarildi. Valyuta kursi boʻyicha avvalgi rekord salkam ikki oy avval oʻrnatilgandi.
  2. Roʻyxat: davlat xizmatlari markazi orqali olinadigan qaysi hujjatlarga chegirma beriladi. 50 foizlik chegirma beriladigan xizmatlar roʻyxati.
  3. Ilon Mask sabab Tesla aksiyalarining narxi tushib ketdi. Mask kompaniyadagi ulushini sotish boʻyicha oʻtkazgan soʻrovi fonida aksiyalar narxi 5,2% ga arzonlashdi.
  4. Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent uchun tibbiy koʻrik Oʻzbekistonda amalga oshiriladi. Endilikda Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi patent olishda talab etiladigan tibbiy koʻrik Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkentda oʻrnatilgan tibbiy asbob-uskunalar yordamida yurtimizda amalga oshiriladi.
  5. Markaziy bank “QIWI Uzbekistan” elektron pul tizimini ro‘yxatdan o‘tkazdi. “QIWI Uzbekistan” bu Kapitalbank ishtirokidagi toʻrtinchi tizimdir.
  6. 1hls ilovasi qayta ishga tushiriladi va takomillashtiriladi. Ilovada belgilangan masofani haqiqatda bosib oʻtganligini tasdiqlovchi mexanizmlarni qayta koʻrib chiqiladi.
  7. Shvetsiya Yevroittifoq hududida kriptovalyuta yigʻishga qarshi chiqmoqda. Ta’kidlashlaricha, kriptovalyuta yig‘ish atmosferaga yiliga 120 mln tonna is gazi ajralib chiqishiga olib keladi.
  8. “IFly Airlines” aviakompaniyasiga Oʻzbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun vaqtincha taqiq qoʻyildi. Kompaniya tegishli ruxsatnomalarni olmasdan bir qator yoʻnalishlarda charter parvozlar uchun biletlar sotuvini tashkil etgan.
  9. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlayotganlar suhbat asosida OTMga oʻqishga qabul qilinadi. Vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari har bir oʻquv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin.
  10. Netflix bolalar uchun TikTok analogini ishga tushiradi. Bolalar bir vaqtning oʻzida 20 dan ortiq boʻlmagan kliplarni tomosha qilishlari mumkin boʻladi.
  11. Fuqarolar endilikda pensiya hisobvaragʻida qancha mablagʻ yigʻilganini onlayn kuzatishlari mumkin. my.gov.uz orqali tegishli maʼlumotnomani tez va oson yuklab olish imkoniyati ham bor.
  12. Google nutqida nuqsoni boʻlgan odamlarning muloqot qilishiga yordam beradigan ilova yaratdi. Ilova “Relate” deya nomlangan boʻlib, u Parkinson, yurak xuruji va falajdan keyingi nutq muammolariga duch kelganlarga koʻmak berishi koʻzda tutilgan.
  13. Toshkentdagi harbiy shaharcha 204,9 mlrd soʻmga auksionga qoʻyildi. Lot 27,86 gektar maydonda joylashgan. Bino va inshootlarning umumiy maydoni 29,8 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
  14. Ilon Mask ikki kun ichida $50 milliard yoʻqotdi. Seshanba kuni Nyu-York fond birjasidagi savdolar yakuniga ko‘ra, Tesla aksiyalari 16% dan ko‘proqqa arzonlashdi.
  15. 2021-yilda soliq tushumlari qariyb 27 foizga oshdi. 2021-yilning 10 oyi davomida bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 42,6%, soliq tushumlari 26,9%, tovarlar eksporti hajmi esa 37,2% ga oshgan.
  16. Janubiy Koreyaga ishchi vizasi orqali migrantlarni yuborish tiklanishi kutilmoqda. Maʼlum qilinishicha, Koreya Respublikasida ishlab, shartnoma bilan qaytgan 50 nafar oʻzbekistonlik joriy yil 25 noyabr kuni joʻnab ketishi rejalashtirilgan.
  17. Daimler oʻzining Renault-dagi ulushini 362 mln dollarga sotdi. Renault, Nissan va Daimler hamkorlikni 2010-yilda boshlagan.
  18. Finlyandiyada xodim oʻz hamkasblarini qancha oylik olishini bilish imkonini beruvchi qonun kuchga kiradi. Mamlakat rasmiylariga koʻra, bu erkaklar va ayollar oʻrtasidagi ish haqi farqini kamaytirishga yordam beradi.
  19. “Yangiyoʻl yogʻ-moy” AJ ustav kapitalidagi 56,32% aksiya paketi sotuvga qoʻyildi. Lot 73 ta bino va inshootlarni oʻz ichiga oladi, uning umumiy maydoni 10,8 gektar, ishlab chiqarish maydoni esa 15208 kv.m ni tashkil etadi.
  20. Damas sotib olish uchun navbat 26 mingdan oshdi. Damas va Labo 2021-yilda ishlab chiqarishi qisqartirilmagan yagona modellar edi.