Farhod Kamilovning ryukzagida nima bor?

Mazkur materialda u ish faoliyati davomida asosan nimalardan foydalanishi haqidagi savollarga javob berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Xitoyning Shanghai Jiao Tong universiteti talabasi Shaxnoza Tulyakova hikoyasi

U Spot bilan suhbatda nima uchun Xitoyni tanlagani, grantga hujjat topshirish ketma-ketligi, viza olish bosqichlari va qancha daromad topish mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Fransiya hukumatining France Excellence grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Unda o‘zbekistonliklar magistratura darajasi uchun hujjat topshirishlari mumkin. Talabalarga 860 yevro miqdorida stipendiya ajratiladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Biznes tarixi: ot-aravalar hunarmandchiligidan boshlangan Hermes brendi qanday rivojlangan?

Ushbu materialda kompaniyaning qanday paydo bo‘lgani, hammasi nimadan boshlangani, rivojlanish tarixi hamda bugungi kundagi faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 4,5 mln so‘mni tashkil etdi.
    Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 7,4 mln so‘m bilan Toshkentga, eng kam ko‘rsatkich esa 3,3 mln so‘m bilan Namanganga to‘g‘ri keladi.
  2. Germaniya 1-fevraldan to‘rt kunlik ish haftasini sinovdan o‘tkazadi.
    Tajriba olti oy davom etadi va unda 45 ta kompaniya ishtirok etadi. Maqsad qisqaroq ish haftasi samaradorlikni oshiradimi yoki yo‘qligini aniqlashdir.
  3. O‘zbekistonda kelasi yildan AI-80 rusumli benzinidan voz kechilishi mumkin.
    Prezident Bosh vazir Abdulla Aripovga mazkur masalasini uzil-kesil hal qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
  4. Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatdi.
    Maskning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ngilli o‘zini yaxshi his qilmoqda va implantning ishlashi bo‘yicha olingan ma’lumotlar umid beruvchi natijalarni ko‘rsatmoqda.
  5. O‘zbekistonliklar Qozog‘istonda 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishi mumkin bo‘ladi.
    Bundan tashqari, mazkur tartib O‘zbekistonda bo‘lib turgan qozog‘istonliklar uchun ham amal qiladi.
  6. Mercedes-Benz Dubayda $1 mlrdga hashamatli minora quradi.
    Qayd etilishicha, mazkur hashamatli turar-joy binosidagi kvartiralarning har biri $10 mlngacha turadi.
  7. Eron 4-fevraldan o‘zbekistonliklar uchun viza rejimini bekor qiladi.
    O‘tgan yilning dekabrida mamlakat hukumati 32ta davlat fuqarolari uchun viza tartibini bir tomonlama bekor qilishni tasdiqlagandi.
  8. 1-fevraldan pensiyaning eng kam miqdorlari oshirildi.
    Ayrim nafaqalarning yangi miqdorlari rasmiy eng kam iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib belgilandi.
  9. O‘zbekistonliklar Germaniyadagi 50 mingta bo‘sh ish o‘rniga taklif etilmoqda.
    Ausbildung asosida ishga jalb qilinganlarga 1000 yevro, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga jalb qilinganlarga esa 2000 yevro miqdorida oylik maosh taqdim etiladi.
  10. 2024-yilda 100 ming nafar o‘zbekistonlik Janubiy Koreyaga ishga jalb qilinadi.
    Joriy yilning 8−14 fevral kunlari ishlash istagida bo‘lgan nomzodlar uchun ro‘yxatdan o‘tish rejalashtirilgan.