Oʻzbekistonda 1-martdan nimalar oʻzgaradi

Spot 2022-yil 1- martdan boshlab Oʻzbekiston qonunchiligida roʻy beradigan ayrim oʻzgarishlar haqida maʼlumot berib oʻtadi.


Banklardagi mikrokreditlar bo’yicha holat. Fevral 2022

Spot barcha banklarning mikroqarz shartlarini taqqosladi. 2022- yil fevral holatiga ko’ra 33 bankdan 22 tasi mikroqarzlar beradi. Mikrokreditning maksimal miqdori 1,5 mln so’mdan 50 mlngacha. Eng yuqori summa 100 millionni “Davr Bank” besh yil muddatga va 34% yillik foiz stavkasi bilan taqdim etmoqda.


“Сырный домик” asoschisi Obidjon Sattorovning biznesda yo’l qo’ygan beshta xatosi

“Сырный домик” oilaviy tadbirkorlik asoschisi Obidjon sattorov Spot’ga iste’molchilar bilan muloqotning qanchalik muhimligi, qanday xatolardan saqlanib bo’lmasligi va nega har qanday kelishuv yuridik kuchga ega bo’lishi kerakligi haqida gapirib berdi.


Ukraina inqirozi dunyo iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko’rsatadi: 3 ta sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ssenariy

Spot Bloomberg tahlilchilarining tadqiqotlari asosida inqiroz pul-moliya, energetika va boshqa sohalarga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligi haqida maqola tayyorladi.


Qaysi xalqaro kompaniyalar Rossiya bozorini tark etmoqda (yangilangan)

Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalar fonida ko’plab global brendlar va kompaniyalar mamlakat bilan hamkorlikni to’xtatdi. Spot ushbu kompaniyalar ro’yxatini tuzib chiqdi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Xususiy sektorda ishlaydigan ayollarga “dekret pullari” qisman davlat tomonidan qoplanadi. Bu haqda prezident yigʻilishida maʼlum qilindi.
  2. Magistratura talabasi boʻlgan qizlarning kontrakti davlat tomonidan toʻlab beriladi. Oliygoh, texnikum va kollejlarda oʻqiyotgan qizlarga taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi.
  3. Oʻzbekistonda “Biznes ayollar” dasturi qabul qilinadi. Bu nimani anglatadi. Tadbirkor ayollar ulushini hozirgi 25% dan — 40%ga yetkazish boʻyicha 2022−2024-yillar uchun “Biznes ayollar” dasturi qabul qilinadi.
  4. Oʻzbekistonga Xitoydan yangi elektrovoz keltirildi. Lokomotivning ishlash muddati 40 yilni tashkil etadi.
  5. “UzAuto Motors” yangilangan Chevrolet Traverse va Tahoe modellarining narxlarini eʼlon qildi. Tahoe 2022-ning boshlangʻich komplektatsiyasi 519,7 mln soʻm, Traverse 2022-ning boshlangʻich komplektatsiyasi narxi esa 408 mln soʻmni tashkil etadi.
  6. UzAuto Motors ayrim turdagi avtomobillarning narxini oshirdi. Avtosalonlar 3-martdan boshlab yangi (oshgan) narxlarda shartnoma berishni boshlagan.
  7. Chevrolet Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark avtomobillari uchun shartnomalar qayta tiklanadi. Shuningdek, shartnomada avtomobilni yetkazib berish kechiktirilgan taqdirda xaridorga kompensatsiya to’lanishi haqida band nazarda tutilgan.
  8. Uzcard “Мир” kartalarini qabul qilishni toʻxtatdi. Gap barcha terminallar, jumladan POS, bankomatlar va infokiosklar haqida bormoqda. Sababi — “texnik ish”.
  9. Tovarlarni hudud bo‘yicha identifikatsiyalash tartibi belgilandi. Endilikda tovarlar muayyan geografik ko’rsatkichlar orqali Intellektual mulk agentligi tomonidan muhofaza qilinadi.
  10. “Air Manas” aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni qayta tikladi. Parvozlar 2020 yilda pandemiya sababli toʻxtatilgan edi.