Xitoyning Chery kompaniyasi Oʻzbekiston avtomobil bozoriga kirishga hozirlik koʻrmoqda

Toshkentda ilk avtosalonlar paydo boʻladi. Keyinchalik kompaniya geografiyasini kengaytirib, Chery avtomobillarini mamlakatning yana yettita shahrida taqdim etish niyatida.



O‘zbekistonning davlat qarzi 25 mlrd dollardan oshdi

Davlat qarzi qoldig‘i joriy yilning III choragida $1,1 mlrd ga (yil boshidan $2,1 mlrd ga) oshib, 2021-yilning 1-oktabr holatiga $25,3 mlrd ni tashkil etdi.



Rossiyaning 5 ta aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam parvozlar uchun ruxsatnoma berildi

Masalan, birgina “Aeroflot” aviakompaniyasining oʻzi Moskva — Toshkent — Moskva yoʻnalishida haftasiga 4 marotaba parvozni amalga oshiradi.


“Siemens” O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Shuningdek, kompaniya mamlakatda “yashil energetika” sohasida tejamkor texnologiyalarni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratishni reja qilgan.



Shuningdek, boshqa yangiliklar:

  1. Kapitalbank aksiyalari Alisher Usmonovga aloqador kompaniya tomonidan xarid qilindi. Joriy yil noyabr oyi boshida tijorat bankining 34,1 foiz ulushini Oybek Tursunov sotib olgandi.
  2. Astana Motors Jizzaxda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etadi. Hozirda Astana Motors-ning Oʻzbekistonda 10 ta dileri bor. 2021-yil oxiriga kelib kompaniya dilerlik tarmogʻini 13 punktgacha kengaytiradi.
  3. Oʻzbekistonda 1-dekabrdan nimalar oʻzgaradi. Spot 2021-yil 1-dekabrdan boshlab Oʻzbekiston qonunchiligida roʻy beradigan ayrim oʻzgarishlar haqida maʼlumot berib oʻtadi.
  4. Talaba qiz Virgin Galactic-da koinotga parvoz qiladigan boʻldi. 2021-yil iyul oyida kompaniya koinotga sayyohlik parvozi uchun ikkita chipta lotereyasini boshladi.
  5. Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi $32,6 milliardga yetdi. Bu koʻrsatkich 2020-yilning shu davriga nisbatan 8,5% ga oʻsdi.
  6. Markaziy bank Global Pay va 1HLSW elektron pullar tizimi faoliyatiga ruxsat berdi. Markaziy bankning elektron pullar reyestriga qo‘shilgan elektron pullar tizimi 10 taga yetdi.
  7. Oʻzbekistonda 150 ming km optik tolali internet-aloqa liniyalari quriladi. 2021-yil yakunigacha barcha ichki ishlar organlari tayanch punktlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari xonalari, xalq taʼlimi muassasalari, davlat arxivlari va tashkilotlari Internetga keng polosali ulanadi.
  8. Salvadorda dunyodagi birinchi Kripto City quriladi. Shahar Bitkoin Siti deb nomlanadi, u La-Yunion regionida bunyod etiladi.
  9. Toshkent metrosida FacePay tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi. Yoʻlovchi validatorga qarasa yetarli, yoʻl haqi bank kartasidan avtomatik tarzda yechib olinadi.
  10. Facebook oʻzbekistonlik OAV vakillari va yoshlar uchun treninglar oʻtkazadi. Mavzular: kontent yaratish va uni boshqarish, yolgʻon axborotlarga qarshi kurash, kiberxavfsizlik sohasida raqamli savodxonlikni oshirish, ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan maksimal darajada unumli foydalanish.
  11. O‘zbekiston avtomobil bozorida savdo hajmi qariyb 33 foizga o‘sdi. Hududlar kesimida eng yuqori oʻsish surʼatlari Surxondaryo, Navoiy, Buxoro va Toshkent viloyatlarida kuzatilgan.
  12. Angliyada naqd puldan toʻliq voz kechilishi mumkin. Londonda naqd puldan foydalanish imkoni yoʻq joylar bor.
  13. Endilikda sugʻurta shartnomasi internet orqali elektron shaklda tuzilishi mumkin boʻldi. Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari aniq belgilab qoʻyildi.
  14. Oʻzbekistonda poyezdlar harakatini onlayn kuzatish tizimi joriy etiladi. Shuningdek, mavjud elektron chiptalarini sotish avtomatlashtirilgan tizimini yanada takomillashtirish, optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihalarini davom ettirish koʻzda tutilgan.
  15. Rossiya Olmaliqda misni qayta ishlash fabrikasi qurish uchun 712 mln yevro ajratadi. Fabrikaning qurilish qiymati $2 mlrd ni tashkil etadi.
  16. Yagona portal orqali mashinalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish laboratoriyalari haqida maʼlumot olish mumkin boʻldi. Maʼlumot olishni istaganlar kerakli hududni belgilashlari talab etiladi.
  17. Oʻzbekistonda yangi aviakompaniya tashkil etiladi. Bu Transport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Silk Avia” aviakompaniyasidir.
  18. O‘zbekneftgaz shoxobchalarida AI-80 benzini narxi pasayishi ma’lum qilindi. Benzin taqchilligining oldini olish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ va “Tovar xom-ashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbir ishlab chiqilgan.
  19. “Benzin narxi bot” yaratiladi. Telegram bot avtotransport haydovchilariga AYOQShlardagi benzin chakana narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishda qulaylik yaratish hamda chakana narxlarni nazorat qilish (monitoring oʻrnatish) va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida yaratiladi.
  20. Oʻzbekistonga elektromobil importi 7 baravardan oshdi. Yanvar-oktyabr oylarida 9 ta xorijiy davlatdan qiymati $12 mln ga teng boʻlgan 613 ta elektromobil import qilingan.