O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni qonuniylashtirish tartibi soddalashtirildi. Tafsilotlar

Fuqarolar 12,36 mln so‘mgacha soliq qarzdorligi bo‘lgan yer uchastkasini qonuniylashtirishi mumkin.

hafta yakuni, yangiliklar


Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Sabablar

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalarning pasayishi hamda iqtisodiy faollikning yuqori surʼatlari asosiy stavkani o‘zgartirmaslikka asos bo‘lgan.

hafta yakuni, yangiliklar


B.A Holding korxonasi bosh direktori o‘zi bilan nimalar olib yuradi?

Gulbahor Tojimirzayeva ish stolida foydalanadigan va sumkasida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda “novostroyka” sotib olishdan oldin uni qanday tekshirish mumkin? Qo‘llanma

Spot ochiq ma’lumotlar va raqamli platformalar yordamida qurilish kompaniyasini baholash hamda xatarlarni kamaytirish yo‘llarini o‘rganib chiqdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Davr Bank aksiyadorlari 51% aksiyani Ozarbayjon bankiga sotish muzokaralarini ma’qulladi
    Tomonlar, shuningdek, Ozarbayjon Xalqaro bankiga bankning qo‘shimcha 23% aksiyasini sotib olish huquqini beruvchi opsionni ham muhokama qilmoqchi.
  2. AQSHning DFC korporatsiyasi O‘zbekistonda raqamli bank ochishi mumkin
    Mirziyoyev DFC va Eksimbank rahbarlari bilan Toshkentda yangi aeroport qurish, data-markazlar va logistika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi.
  3. Toshkent o‘zgarishlar sur‘ati bo‘yicha dunyoning eng yaxshi shaharlari uchligiga kirdi
    BCG reytingi 200 dan ortiq ko‘rsatkich tahlili va 24 ming nafar aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida tuzilgan.
  4. Markaziy bank islom moliyasi bo‘yicha 7 ta standartni qabul qilishni rejalashtirmoqda
    Bundan tashqari, regulyator shariat boshqaruvi va prudensial nazorat bo‘yicha yangi tartibga solish tizimini joriy etishni ko‘zda tutgan.
  5. Markaziy bank O‘zbekistonning JCHdagi ishtirokiga bag‘ishlangan tangalarni sotuvga chiqaradi
    999,9 asllikdagi 100 ta oltin va 1000 ta kumush esdalik tanga 18-iyundan sotuvga chiqariladi.
  6. Mirziyoyev va Shtaynmayer Toshkentda Volkswagen zavodini ochdi
    Shuningdek, Andijonda logistika markazi qurilishi, Toshkent viloyatida esa tozalash vositalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
  7. Yangi Toshkent aeroporti 2065-yilgacha xususiy boshqaruvga beriladi
    Uzbekistan Airports va Saudiyaning Vision Invest kompaniyasi boshchiligidagi xalqaro konsorsium yangi xalqaro aeroportni qurish va boshqarish bo‘yicha DXSH bitimini imzoladi.
  8. Jahon banki O‘zbekistonda qishloq infratuzilmasini yaxshilash uchun $150 mln ajratadi
    Dastur Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi 296 ta mahallada amalga oshiriladi.
  9. AQSh konsorsiumi Mobiuz tarmog‘ini rivojlantirishga $500 mln investitsiya kiritadi
    Iyun oyi boshida McKim and Company boshchiligidagi investorlar guruhi aktiv uchun $351 mln taklif qilib, savdolarda g‘olib chiqqan edi.
  10. Migratsiya agentligi rahbariyati va xodimlari haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi
    Agentlik ayrim tegishli ma‘lumotlar bo‘yicha tekshiruv va tergov harakatlari olib borilayotganini ma‘lum qildi.