Banklardagi mikroqarzlar: 2026-yil iyul oyi bo‘yicha
Kredit muddati uch oydan besh yilgacha, miqdori esa 1 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha bo‘ladi. Foiz stavkalari kreditning muddatiga qarab o‘zgaradi.
Xorijdan O‘zbekistonga tovarlarni yetkazib beruvchi 7 ta servis
Spot xorijiy internet-do‘konlardan buyurtma qilingan tovarlarni O‘zbekistonga yetkazib beruvchi 7 ta xizmatning shartlari, tariflari va imkoniyatlarini bir joyga jamladi.
Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etildi
Yangi organ islomiy moliya standartlarini ishlab chiqadi, sohani tartibga solish bo‘yicha regulyatorga xulosa va tavsiyalar beradi.
Pasport va ID-kartani yo‘qotganlik uchun jarimani bekor qilish rejalashtirilmoqda
Shuningdek, 1-oktabrdan boshlab ism, familiya yoki tug‘ilgan sana o‘zgarganda ma’lumotlar davlat tizimlarida avtomatik yangilanadi.
O‘zbekistonda pensiya hisoblash tartibini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda
Pensiya hisoblashda ish haqi olinadigan davrni 5-yildan 20-yilgacha uzaytirish hamda hisobga olinadigan ish haqining maksimal miqdorini 6 mln so‘mdan 6,6 mln so‘mga oshirish taklif etildi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Korzinka tarmog‘i pulli parkovkalar uchun deyarli 21 mlrd so‘mga yer uchastkalari sotib oldi.
Umumiy maydoni taxminan 4 gektar bo‘lgan ushbu uchastkalar riteylerning 36 ta supermarketi yonida joylashgan. - Toshkentning Taras Shevchenko ko‘chasida gastronomik ko‘cha tashkil etishning 3-bosqichi boshlandi. Foto
Hozirda demontaj ishlari olib borilib, betonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Rekonstruksiyani yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. - Bakalavriat uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.
Yangi o‘quv yilida kunduzgi ta‘lim shakliga 155,8 ming, kechki ta‘limga 28,9 ming, masofaviy ta‘limga 20,8 ming qabul o‘rni ajratildi. - Go‘sht, benzin, elektr va gaz: o‘zbekistonliklar qaysi mahsulotlar eng ko‘p qimmatlashganini sezdi?
Iyunda aholining sezilgan inflyatsiyasi 10,2% ga pasaydi. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda, eng pasti esa Xorazm viloyatida qayd etildi. - O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan oshgan 671 haydovchi guvohnomasidan ayrilishi mumkin.
Amaldagi tartibga ko‘ra, ular kamida 6 oy muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladi. - 2026/2027-o‘quv yili uchun magistraturaga qabul kvotalari tasdiqlandi.
Kunduzgi ta‘lim shakliga 22 050 ta, kechki ta‘limga 1 393 ta, masofaviy ta‘limga esa 892 ta qabul o‘rni ajratildi. - Rossiyada migrantlar joylashuvini kuzatish uchun telefon sotib olishlari shart bo‘ladi.
U orqali Rossiya IIV chet elliklarning harakatini kuzatib borishi va ularga hujjatlar haqida xabarnoma yuborishi mumkin. - Kreditga taqiq xizmatidan foydalanuvchilar soni 2,5 mlndan oshdi.
Ushbu xizmatdan asosan erkaklar hamda 26−35 yoshdagi fuqarolar faol foydalanmoqda — ular barcha foydalanuvchilarning 30%ini tashkil qiladi. - 5 yillik stajga ega fuqarolarni oliygohga tavsiya etishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Shuningdek, besh yil stajga ega xotin-qizlar uchun ham 2500 ta kontrakt o‘rni, bakalavriat bo‘yicha qo‘shimcha 4000 ta grant ajratildi. - Toshkentda uzilishlar sabab 8 mingdan ortiq iste‘molchi elektr ta‘minotisiz qoldi.
Energetika vazirligiga ko‘ra, bunga anomal issiq fonida elektr tarmoqlariga tushgan yuqori yuklama sabab bo‘lgan.




