Issiqxonalar uchun 10 baravar soliq — biznes nimadan xavotirda?

Spot Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalar uchun yer hamda mol-mulk soliqlarini 10 baravar oshirish taklifi yuzasidan issiqxonachilar bilan suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Banklardagi ipoteka kreditlari. 2026-yil avgust oyi bo‘yicha

Mavjud 34 ta bankdan 24 tasida ipoteka krediti olish mumkin bo‘lib, o‘rtacha stavka 24%ni tashkil etadi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekiston banklari 2026-yilning birinchi yarimida qancha foyda ko‘rdi?

Eng yuqori foydani Ipoteka-bank qayd etdi. Keyingi o‘rinlarni O‘zmilliybank, O‘zsanoatqurilishbank, Hamkorbank va Kapitalbank egalladi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda progressiv daromad solig‘i: kim yutadi, kim ko‘proq to‘laydi? Mutaxassislar fikri

Fiskal tahlillar instituti daromad solig‘ini progressiv shkalaga o‘tkazishni taklif qildi. Bu g‘oya avval ham bir necha bor muhokama qilingan. Spot ushbu tizimning afzallik va xatarlari, shuningdek, 2019-yilgi soliq islohoti natijalari haqida iqtisodchi hamda soliq maslahatchisi fikrini o‘rgandi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyulda qariyb $590 mlnga oshdi.
    Oltin zaxiralari ham, valyuta tarkibi ham oshdi. Shu bilan birga, Markaziy bankning xorijiy qimmatli qog‘ozlari hajmi bir oyda $1,1 mlrdga kamaygan.
  2. O‘zbekistonda otaning ismini bolaga familiya sifatida berishga ruxsat beriladi.
    Senatorlar bu bo‘yicha Oila kodeksiga kiritilayotgan tegishli o‘zgartirishlarni ma’qulladi.
  3. Elektromobil xaridiga olingan avtokredit foizlarining bir qismini qoplash taklif etilmoqda.
    Mablag‘lar qiymati 412 mln so‘mgacha bo‘lgan elektromobillar uchun 300 mln so‘mgacha ajratilgan kreditlar bo‘yicha ikki yil davomida taqdim etilishi mumkin.
  4. Namangan shahri sobiq hokimi 11 yilga qamaldi.
    Anvarjon Otaxodjayev pora olish, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste‘mol qilish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topildi.
  5. O‘zbekistonda iyul oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgardi?
    Iyul oyida so‘m dollarga nisbatan 0,45% ga — 12 006 so‘mgacha mustahkamlandi. Oy oxirida banklarda dollar 12 ming so‘mdan pasaydi.
  6. Murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bank nomi e‘lon qilindi.
    Bu borada AVO bank, Biznesni rivojlantirish banki va Mikrokreditbank eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
  7. Yo‘l haqi, sabzi va benzin: iyulda O‘zbekistonda nimalar eng ko‘p qimmatlashdi?
    Bir yil davomida eng ko‘p moliyaviy xizmatlar, propan, pomidor, chiqindi olib ketish va benzin narxi ko‘tarildi.
  8. New Port turar-joy majmuasining 9 ta blokidan 6 tasi ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilgani aniqlandi.
    Buyurtmachi bir necha bor bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni olgan, biroq ularni bajarmagan, shundan so‘ng javobgarlikka tortilgan.
  9. 11 toifadagi fuqarolarga transportda bepul yurish yoki 50% lik chegirma beriladi.
    Odam savdosi qurbonlarini aniqlashning yangi tizimi ishga tushadi, qog‘oz talonlar esa ID-karta va biometrik pasport bilan almashtiriladi.
  10. Samarkand-2028 SI modulli sun’iy yo‘ldoshi orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi.
    Sun’iy yo‘ldosh qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, ekologiya va favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun ishlatiladi.