“Paxta gulli choynak, qozon-o‘choq bilan xalqaro marketpleysda biznes qurib bo‘lmaydi”: Amazon’dagi o‘zbekistonlik menejer bilan suhbat
Spot AQShning Amazon kompaniyasida katta chakana savdo menejeri Ehrom Jumanazarov bilan suhbatlashdi. U xalqaro investitsiya va korporativ muhitdagi ish jarayoni, o‘zbekistonlik mutaxassislar xalqaro kompaniyalarga ishga kirishda nimalarga ko‘proq eʼtibor berishlari kerakligi, shuningdek, O‘zbekistonda marketpleyslar bozori haqida so‘zlab berdi.
Markaziy bank murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega Top-10 bankni ochiqladi
Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, murojaatlar indeksi yuqori bo‘lgan banklar uchligidan Biznesni rivojlantirish banki, Anor Bank va Mikrokreditbank joy oldi.
Xorijda ta’lim: Turkiyada grant asosida tahsil olayotgan Asilbek Abdiyev hikoyasi
U Spot’ga Turkiyadagi ta’lim tizimi, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yashash xarajatlari va moslashish jarayoni haqida gapirib berdi.
1-iyuldan O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 7% ga oshiriladi
Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori esa 1-sentabrdan boshlab 7% ga oshiriladi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- O‘zbekistonda ham 16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash rejalashtirilmoqda.
Maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova bu bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishini ma’lum qildi. - Apple iPad, Mac, uy jihozlari va Vision Pro narxlarini oshirdi — Bloomberg
Kompaniya iPhone, Apple Watch va AirPods narxlarini oshirmagan bo‘lsa-da, tez orada boshqa mahsulotlar narxi ham oshirilishi mumkin. - O‘zbekistonda Coca-Cola'ga $25 mln qo‘shimcha soliq hisoblandi, kompaniya sudga murojaat qildi.
Kompaniya ish o‘z foydasiga hal bo‘lishiga umid qilmoqda va sud jarayoni guruh faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi, deb hisoblamoqda. - Maktab o‘qituvchilari magistraturada masofadan o‘qishi mumkin bo‘ladi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab o‘qituvchilar Nizomiy nomidagi pedagogika universitetining pedagogika yo‘nalishlari magistraturasida masofaviy shaklda tahsil olishi mumkin bo‘ladi. - Moody‘s O‘zbekistonning suveren kredit reytingini Ba2 darajasiga ko‘tardi.
Reyting kutilmasi “ijobiy"dan “barqaror"ga o‘zgartirildi. Agentlik mamlakat iqtisodiyoti barqaror o‘sayotganini hamda islohotlar kredit profilini mustahkamlayotganini qayd etdi. - O‘zbekistonliklar yirik P2P-o‘tkazmalari haqidagi loyiha borasida qanday fikrda?
Soliq qo‘mitasi banklardan omonatlar va yirik P2P-o‘tkazmalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni olmoqchi. Loyiha bir kunda 100 dan ortiq izoh to‘pladi. - O‘zbekistonda elektromobillar soni 109,2 mingtaga yetdi.
Eng katta ulush Toshkent shahriga tegishli bo‘lib, qariyb 73% ni tashkil etadi. - 1-iyuldan nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik va boshqa nafaqalar qanchaga oshiriladi?
Nogironlik pensiyasi va nafaqasi 1,083 mln so‘mga, ish stajiga ega bo‘lmagan keksalar uchun nafaqa 878 ming so‘mga, urush qatnashchilari va nogironlari uchun eng pensiya esa 4,775 mln so‘mga yetkaziladi. - Uy-joy ta’miri, to‘y va mashina xaridi: o‘zbekistonliklar kelgusida qanday maqsadlarda kredit olmoqchi?
Talab asosan oyiga 7 mln so‘mgacha daromad oladiganlar orasida kuchayishi mumkin. Yuqori daromadli aholi orasida esa kreditga ehtiyoj kamayib bormoqda. - Namangan aeroportidagi $175 mlnlik yangi terminal 2026-yil oxirigacha ishga tushiriladi.
Yangi terminal soatiga 1,2 ming, yiliga esa 3 mln nafardan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.



