O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi?

Spot may oyidan boshlab kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Buning salbiy ta’sirini ko‘rmayapmiz” — Markaziy bank raisi naqd pulsiz to‘lovlar haqida

To‘lovlarning 90% dan ortig‘i mavjud bank kartalari orqali amalga oshirilmoqda, ayrim noqulayliklarni bartaraf etish uchun infratuzilma takomillashtirilmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Dollardagi eng daromadli omonatlar. 2026-yil aprel oyi bo‘yicha

Mavjud 34 ta bankdan 26 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 8%ni tashkil qilmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Xorijdagi o‘zimiznikilar: Vengriyadagi Morgan Stanley’da ishlayotgan Shirin Ro‘zimatova hikoyasi

U Spot bilan suhbatda nima uchun aynan Vengriyada o‘qishni tanlagani hamda yirik investitsiya bankiga qanday qilib ishga kirgani haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “Peshlavha bo‘lmasa, odamlar do‘konni yopilgan deb o‘ylaydi” — Korzinka Toshkentdagi demontaj ishlari haqida.
    Supermarketlar tarmog‘i top-menejeri Malik Karimov buzilishlarni to‘xtatishga va yangi dizayn-kod talablariga moslashish uchun vaqt berishga chaqirdi.
  2. O‘zbekistonda kartalar uchun SMS o‘rniga boshqa xabarnomalarni joriy etish taklif qilinmoqda.
    O‘zLiDeP foydalanuvchilar Push, In-App va boshqa muqobil xabarnoma turlaridan foydalanishi, xizmat turini esa o‘zi tanlashi kerakligini bildirdi.
  3. UzNIF IPO boshlaganini e‘lon qildi — investorlarga aksiyalarning qariyb 30%i taklif etiladi.
    Aksiyalarni joylashtirish davri bugundan boshlanib, 12-maygacha davom etadi. Narx GDR uchun $25 va aksiya uchun 4,65 so‘m etib belgilandi.
  4. “Ikki oyda 100 mln so‘m”: tadbirkor Toshkentdagi peshlavhalar buzilishi sabab daromad yo‘qotayotganini ma‘lum qildi.
    Dodo Pizza ta‘sischisi dizayn-kodga moslashish uchun “o‘tish davri"ni joriy etishni hamda yirik brendlarning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olishni taklif qildi.
  5. O‘zbekistonda aprel oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgardi?
    Oy davomida milliy valyuta 1,93% ga mustahkamlandi, dollar kursi esa 19-yanvardan beri birinchi marta 12 000 so‘mdan pastga tushdi.
  6. “Dom"da yashovchilar uchun yangi talablar joriy etildi.
    Endi ko‘p kvartirali uylarda mashinalarni gazon va eshik oldiga qo‘yish, balkonlarga kir osish hamda hayvonlarni saqlash taqiqlanadi.
  7. 3-maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida Jaloliddin Manguberdi poyezdi qatnay boshlaydi.
    Qatnovlar haftasiga uch marta amalga oshiriladi. Harakat vaqti 7 yarim soatni tashkil etadi.
  8. Ko‘p kvartirali uylar hududlarida daraxt kesish va chiqindi tashlash taqiqlanadi.
    Hududlarda bolalar maydonchalari, velosiped joylari va uy hayvonlari uchun maxsus hududlar tashkil etilishi kerak.
  9. Chexiyaning Škoda Group kompaniyasi O‘zbekistonga 10 ta elektropoyezd yetkazib beradi.
    Qiymati 120 mln yevroga teng bo‘lgan loyiha qo‘shma korxona tashkil etish va Škoda akademiyasini ochishni ko‘zda tutadi.
  10. O‘zbekistonda ilk 12 jarima balli yig‘gan haydovchi aniqlandi — uning “prava"si olib qo‘yilishi mumkin.
    Haydovchi bir yil davomida 12,5 jarima balli to‘plagan, endi uning haydovchilik huquqi sud tartibida bekor qilinishi mumkin.