Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekistondagi AES qurilishiga start berdi
Jarayon atom elektr stansiyasining birinchi energiya blokini qurish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Mobiuz mobil operatori $351 mlnga sotildi
Kompaniyani JVR Enterprises LLC sotib oldi va $500 mlngacha investitsiya kiritilishi mumkin.

Markaziy bank islomiy bank faoliyatini litsenziyalash tartibini ishlab chiqdi
Loyiha bilan, banklar huzurida islomiy moliya kengashlari tashkil etilishi hamda rahbarlar va kengash a’zolari uchun qat’iy malaka va tajriba talablari belgilanmoqda.
31 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz beriladi
Mablag‘lar mobilografiya, SMM, frilanserlik, marketpleys, tikuvchilik va novvoychilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarga yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonda may oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgardi?
O‘tgan oyda milliy valyuta aprel oyidagi mustahkamlanishdan so‘ng 0,5% ga qadrsizlandi, so‘mning kunlik o‘zgaruvchanligi esa sezilarli darajada oshdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Chet eldan avtomobil olib kirishda “yiliga bir dona” cheklovi bekor qilindi.
Endi bir yil ichida olib kirilgan ikkinchi yoki undan keyingi avtomobillar uchun ham muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish mumkin. - Go‘sht, limon, skuter ijarasi: O‘zbekistonda may oyida eng ko‘p nimalar qimmatlashdi?
Qayd etilishicha, o‘tgan oy davomida benzin narxlari o‘rtacha 0,6% ga, propan esa qariyb 2% ga qimmatlashdi. - OTMlarga hujjatlar qabuli boshlandi.
Abituriyentlar 25-iyungacha test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. - Telefon raqami orqali bank hisobvaraqlari o‘rtasidagi o‘tkazmalar qanday ishlaydi?
Foydalanuvchi bank ilovasida bitta telefon raqamiga faqat bitta hisobvaraqni bog‘lashi mumkin bo‘ladi. - 1-sentabrdan avtobuslarda yo‘lkira faqat unga chiqishda to‘lanadi.
Belgilangan tartibda yo‘lkira to‘lanmagan yoki tasdiqlanmagan hollarda, yo‘lovchi avtobusda chiptasiz harakatlangan deb hisoblanadi. - BYD O‘zbekistonda Denza B8 yo‘ltanlamasining sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Kompaniya 2025-yil iyun oyida O‘zbekiston bozorida Denza premium brendini ishga tushirishni e’lon qilgan edi. - O‘zbekistonda kredit olish uchun yagona platforma ishga tushiriladi.
Platforma tadbirkorlarga bir nechta banklarning kredit takliflarini solishtirish imkonini beradi. Yil oxiridan esa muqobil skoring tizimi joriy etilib, kredit oluvchilar o‘nlab ma’lumotlar bazalari asosida baholanadi. - Ayrim ijodkorlarga O‘zbekiston bo‘ylab samolyot va poyezddan bepul foydalanish imkoni beriladi.
Ularga har oyda 5 mln so‘mdan qalam haqi berilib, ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida davolanish xarajati to‘liq qoplanadi. - “Zapravka"larda metan narxi 5700−5800 so‘mgacha ko‘tarildi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun tabiiy gazning bir kub metri narxi 2700 so‘mgacha ko‘tarildi. - Gaz va elektr tariflari oshirilmaydi, balki inflyatsiya darajasida indeksatsiya qilinadi — Energetika vazirligi
Vazirlik tomonidan tariflar o‘sishi o‘rtacha 10%ni tashkil etishi tan olinib, agar tariflar indeksatsiya qilinmasa, budjetga tushadigan yuklama ortishi qayd etildi.



