Avtokreditlar. 2026-yil iyun oyi bo‘yicha

Kreditlarni bir yildan besh yilgacha olish mumkin, 20,99% dan 33% gacha stavkada taqdim etiladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Uch karra yer solig‘i bekor qilindi: kimlar pullarini qaytarib olishi mumkin?

Spot ortiqcha to‘langan mablag‘larni qaytarib olish tartibi hamda buning uchun nimalar qilish kerakligini tushuntiradi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda to‘lov uchun QR-kodlar: ular nimasi bilan farq qiladi va keraklisini qanday tanlash kerak

Spot qanday tizimlar mavjudligi, ular bir-biridan nimasi bilan farq qilishi va oddiy xaridor uchun bu qanchaga tushishi haqida tushuntirish beradi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonga telefon olib kirishda deklaratsiya va UzIMEI’dan qanday o‘tish mumkin?

Toshkent-AERO ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bosh inspektori Spot’ga bu tartib qanday ishlashi, qancha telefonni bojsiz olib kirish mumkinligi va UzIMEI’da ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini bosqichma-bosqich tushuntirdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Ofitsiantlikdan xalqaro startapgacha: Ziyobek Turdiyevning oyiga $4000 lik daromadga chiqqan logistika startapi hikoyasi

Ziyobek kollejni tamomlamasdanoq logistika sohasiga kirib kelgan. U AQSh yuk tashish tizimidagi an’anaviy muammolarga yechim sifatida TheCarGo startapiga asos solgan. Yaqinda $125 minglik ilk investitsiya raundini yopgan Ziyobek o‘z tajribasi, xalqaro investorlar bilan muzokaralar va yo‘l qo‘yilgan xatolar haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?
    Spot iyul oyidan boshlab kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
  2. O‘zbekistonda telefonni deklaratsiyalash va UzIMEI‘da ro‘yxatdan o‘tkazish 2 daqiqagacha qisqardi.
    Endi chetdan olib kirilayotgan mobil qurilmani bojxona deklaratsiyasi orqali UzIMEI tizimida avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.
  3. “Bir fuqaroning eʼtirozi asosida hududni rivojlantirishni to‘xtatish mantiqan noto‘g‘ri” — Adliya vazirligi renovatsiya haqida.
    Mulkdor, quruvchi tashkilot va davlat organlari o‘rtasida uy-joyning adolatli qiymati yuzasidan kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
  4. O‘zbekiston aholisi ilk bor 39 mlndan oshdi — aholini ro‘yxatga olish natijalari.
    Dastlabki natijalariga ko‘ra, aholi soni amaldagi statistik ko‘rsatkichlardan 810,6 ming kishiga ko‘paydi.
  5. Yoshlar uchun kasb vaucheri joriy etiladi, xususiy texnikumlarga davlat granti beriladi.
    Har yili 500 ming nafar yoshni zamonaviy kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan ekotizim yo‘lga qo‘yiladi.
  6. O‘zbekistonda maqsadli ipoteka omonati ishga tushirildi.
    Ipoteka subsidiyasi bo‘yicha xabarnomaga ega fuqarolar bankda alohida omonat ochib, boshlang‘ich to‘lov uchun mablag‘ shakllantirishi mumkin. Ushbu amaliyot 1-iyuldan joriy etiladi.
  7. Markaziy bank Uzum Bank, Ipoteka-bank va yana 2 ta MMTni 677,5 mln so‘m jarimaga tortdi.
    Shuningdek, sirli mijoz nazorati doirasida xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan yana 14 ta bankka jami 681,5 mln so‘m jarima qo‘llandi.
  8. O‘zbekiston Markaziy banki yil boshidan buyon oltin xarid qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi.
    Apreldagi pasayishga qaramasdan, regulyator qimmatbaho metall zaxirasini 24 tonnaga oshirib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqat Polshadan ortda qolmoqda.
  9. Prezident qoraqalpog‘istonlik muhandis qizga Volkswagen sovg‘a qildi.
    Ayzada Asanova jamoasi yaratgan energiya tejamkor elektromobil loyihasini davlat rahbariga taqdim etdi.
  10. Magistraturaga qabul boshlandi.
    Talabgorlar hujjatlarni 30-iyulgacha my.edu.uz platformasi orqali topshirishi mumkin.